Fargʻonalik bloger Xaydarjon Boboxaydarov Soʻxdagi tartibsizliklar sabab qamoqqa olingan - Bosh prokuratura

11:36 30 Avgust 2020 Jamiyat
1642 0

Fargʻona viloyati prokuraturasi tomonidan joriy yilning may oyida Soʻx tumanida sodir boʻlgan ommaviy tartibsizliklar va boshqa holatlar yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokuratura maʼlumot berdi.

Tergov davomida 6 nafar shaxsga nisbatan JKning 219 va 244-moddalari bilan ayb eʼlon qilinib, ularga “qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Shu bilan birga, fuqaro Xaydarjon Boboxaydarov (bloger) jinoyat ishi boʻyicha gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, JPKning 226-moddasi tartibida ushlangan.

Tergov davomida X.Boboxaydarovga protsessual huquq va majburiyatlari tushuntirilgan va himoya huquqi (advokat) taʼminlangan.

Ish boʻyicha haqiqatni aniqlashga toʻsqinlik qilish holatlarining oldini olish maqsadida boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер