Samarqandda 2023-yilgacha 57 ming gektardan ortiq maydonda suv tejovchi texnologiyalar joriy etiladi
Samarqand viloyatida 2020-2021-yillarda suvni tejaydigan sugʻorish texnologiyalarini joriy etish va ushbu texnologiyalar natijalarini targʻib qilish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi belgilandi, deb xabar bermoqda “Zarafshon” irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi matbuot xizmati.
Unga koʻra, viloyatdagi kasb-hunar kollejlarining oʻquv dala uchastkalarida 1 gektar maydonda har xil turdagi suv tejovchi texnologiyalarning koʻrgazmali uchastkalari tashkil etiladi.
Suv tejovchi texnologiyalarni joriy etadigan tashabbuskorlar aniqlanib:
— 2020-yilda 4518 gektarda tomchilatib, 170 gektarda yomgʻirlatib, 100 gektarda diskret sugʻorish, 6800 gektarda koʻchma egiluvchan quvurlar yordamida;
— 2021-yilda 17190 gektarda tomchilatib, 168 gektarda yomgʻirlatib, 100 gektarda diskret sugʻorish tizimi, 5500 gektarda egiluvchan quvurlar orqali;
— 2022-yilda 6240 gektarda tomchilatib, 350 gektarda yomgʻirlatib, 300 gektarda diskret sugʻorish tizimi, 3900 gektarda koʻchma egiluvchan quvurlar yordamida;
— 2023-yilda 7488 gektarda tomchilatib, 500 gektarda yomgʻirlatib, 400 gektarda diskret sugʻorish tizimi, 3420 gektarda koʻchma egiluvchan quvurlar orqali sugʻorish tizimi joriy etiladi.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring