Davlat mukofotlari muborak boʻlsin!
Davlatimizning eng ezgu va ulugʻ bayrami – Mustaqillik kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 28-avgust kuni “Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma toʻqqiz yilligi munosabati bilan davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida”gi Farmoni eʼlon qilindi.
Istiqlol har bir kishiga ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha sohalarida oʻz imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga va xalqimiz madaniyati hamda maʼnaviyatiga oʻzining munosib hissasini qoʻshish, jamiyat va davlat ishlarini boshqarishda faol ishtirok etish imkonini berdi.
Mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy qudratini yuksaltirish, barcha sohalarda olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish borasidagi koʻp yillik samarali mehnati, xalqimiz farovonligini oshirishga qoʻshgan munosib hissasi, iqtisodiyot tarmoqlarini raqamlashtirish, qulay investitsiya muhitini yaratish va eksport salohiyatini oshirish, hududlar infratuzilmasini takomillashtirish, shahar va qishloqlarimiz qiyofasini tubdan oʻzgartirish yoʻlidagi ulkan xizmatlari, jamiyatimizda millatlararo doʻstlik va totuvlikni mustahkamlash, yosh avlodni ona Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlaridagi ibratli faoliyati hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun bir guruh senatorlar ham davlat mukofotlariga sazovor boʻldilar.
Ularning orasida Senatda doimiy asosda ishlovchi senatorlar:
Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Kutbidin Burxanov “Mehnat shuhrati” ordeniga,
Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi raisi Odiljon Iminov “Doʻstlik” ordeniga,
Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Shuxrat Choʻlliyev “Sodiq xizmatlari uchun” medaliga,
hududlarda ishlovchi senatorlar:
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozarov “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan iqtisodchi” faxriy unvoniga,
Navoiy viloyati hokimi Kobul Tursunov “Mehnat shuhrati” ordeniga sazovor boʻldilar.
Davlat mukofotlari muborak boʻlsin, aziz Oliy Majlis Senati aʼzolari!
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring