Qozogʻistondagi bir qator OTMlar litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib qoʻyildi

18:29 29 Avgust 2020 Dunyo
1391 0

Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi bir necha universitetlarning oʻquv faoliyati uchun litsenziyasini toʻxtatilgani haqida xabar berdi.

Buning sababi bir qator universitetlarni qayta tekshirishda taʼlim toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi aniqlangan.

“Olmaota” universiteti, “Kaynar” Akademiyasi, Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi, A.Quatbekov nomidagi Xalqlar doʻstligi universiteti, “Silkway” Xalqaro universiteti tomonidan oʻtkazilgan takroriy tekshiruv natijalari boʻyicha yana taʼlim sohasidagi qonun hujjatlari buzilganligi aniqlangan.

Shu munosabat bilan Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi Taʼlim va fan sohasida sifatni taʼminlash qoʻmitasi tomonidan “Olmaota” universiteti, “Kaynar” Akademiyasi, Olmaota iqtisodiyot va statistika akademiyasi, A.Quatbekov nomidagi Xalqlar doʻstligi universiteti litsenziyasi aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar toʻxtatilgan.

Shuningdek, “Kaynar” Akademiyasi va “Silkway” xalqaro universitetining tekshirish natijalari ustidan shikoyat boʻlganligi sabab, tekshirish natijalari sudda koʻrib chiqilayotgani aytilgan. Sud jarayonlari yakunlangach, tegishli choralar koʻrilishi maʼlum qilingan.

Bundan tashqari, M.X.Dulati nomidagi Taraz hududiy universitetida “huquq” (bakalavr) yoʻnalishi boʻyicha litsenziya ilovasi amal qilishi toʻxtatilgan.

Qozogʻiston Respublikasi Taʼlim va fan vazirligi abituriyentlarga qonunchilikka muvofiq taʼlim faoliyati uchun litsenziya amal qilishi toʻxtatilgan taqdirda, OTM 2020/2021 oʻquv yili uchun qabulni amalga oshira olmasligiga eʼtibor qaratishni soʻragan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер