Erkak kishi sochini 80 yil oldirmay, 5 metrgacha oʻstirdi
Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy etilgan karantin davrida dunyoda koʻpchilik erkaklarning sochi oʻsib ketgani aniq. Lekin ularning birortasi vyetnamlik Nguyen Van Chinga yeta olishmaydi. Sababi bu odam mana 80 yildirki sochini kaltalatmaydi, deb yozadi Reyters.
Janob Van Chin 92 yoshga chiqqan va boshidagi tolalarini bolaligidan beri oldirmaydi. Uning fikricha, sochlar hayot davomiyligi bilan bevosita bogʻliq ekan.
«Agar sochimni oldirsam, hayotdan koʻz yumaman. Shuning uchun turmagimni oʻzgartirmayman, hatto taranmayman ham», — deydi u.
Uning boshiga 12 yoshidan boshlab qaychi tegmagan boʻlsa, hozirda oʻgʻli sochlarini parvarishlashga yordamlashib kelyapti.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring