All
Xabaringiz bor, joriy yil 9-aprelda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «2020 — 2022-yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish toʻgʻrisida»gi qarori imzolandi. Unda tumanda sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi sohalarini rivojlantirishdan tortib yoʻl-transport infratuzilmasi, ichimlik suv taʼminoti,...
13:51 30 Noyabr 2020Nurota azal-azaldan chorvachilikda dong taratgan hudud. Bepoyon yaylov, chorvabop qiru adirliklarda mol bosh sonini koʻpaytirishning bir qator imkoniyatlari mavjud. Mazkur resurslarda soʻnggi yillarda keng foydalanish, xususan chetdan naslli qoramollar keltirish va mahalliy qoramollar zotlarini yaxshilash boʻyicha ham qator ishlar amalga...
13:48 30 Noyabr 2020Turkiya qurilish industriyasining yozilmagan qoidalari koʻp. Masalan, ulardan biriga koʻra, aholi yashash punktlari bunyod etilishidan oldin, albatta, jome masjidi qurilishi kerak ekan. Agar bu yurtda masjid minoralari tiklanayotganiga koʻzingiz tushsa, bilingki, yaqin orada uning atrofida yangi uy-joylar mavzesi paydo boʻladi.
12:11 30 Noyabr 2020“UzAuto Motors” AJ hamda Credit Suisse AG kompaniyasi London boʻlimi 150 mln yevrogacha boʻlgan summada xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi. Bu haqda AJ axborot xizmati xabar berdi.
11:46 30 Noyabr 2020Avval xabar berganimizdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan OAV xodimlari uchun Fargʻona va Namangan viloyatlariga press-tur tashkil etildi.
11:28 30 Noyabr 2020Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi Oʻzbekistondan keltirilayotgan sabzavotlarni ularda jigarrang burishiqli virus (ToBRFV) bor yoki yoʻqligini tekshiradi. Bu haqda vazirlikka tayanib Sputnik manbasi xabar berdi.
11:20 30 Noyabr 2020Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzagʻolib Tillashayxov saratonni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berdi.
11:15 30 Noyabr 2020Andijon viloyati Oltinkoʻl tumanidagi “Biostandart” xususiy korxonasi tomonidan yangi loyihaga asos solindi. Natijada 40 turdagi tibbiyot dori-darmonlari ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyildi.
10:59 30 Noyabr 2020Andijon viloyatidagi mavjud 148 gektar maydondagi issiqxonalarda bahor tafti hukmron. Bu yerda yetishtirilayotgan bodring va pomidor koʻchatlari baravj rivojlanmoqda. Jumladan, Buloqboshi tumanidagi «Nektar agro» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidagi 2,5 gektar maydonda 200 tonna pomidor, 100 tonna bodring yetishtirish koʻzda tutilgan.
10:55 30 Noyabr 20202020-yil 29-noyabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 72 920 (+167) nafarni tashkil etmoqda.
10:28 30 Noyabr 2020Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, joriy yilning 1-noyabr holatiga koʻra, mamlakatimizga qiymati 64,6 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 781,7 ming dona mobil telefonlari import qilingan.
10:20 30 Noyabr 2020Yoʻl taʼmirlash ishlarini tezlashtirish maqsadida Ahmad Donish koʻchasining Sebzor mavzesi va Yunusobod bozori oʻrtasidagi yoʻl oʻtkazgichda avtomobillar qatnovi 2020-yilning 6-dekabriga qadar yoʻlning bitta harakatlanish qismida amalga oshiriladi. Bu haqda shahar hokimligi xabar berdi.
10:16 30 Noyabr 20202020-yilning 30-noyabr kuni soat 7:42 da Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumani Istiqlol koʻchasi, «Qirariq» MFY da joylashgan 80-sonli uyda gaz-havo aralashmasi chaqnashi oqibatida yongʻin kelib chiqqan. Bu haqda FVV xabar berdi.
09:50 30 Noyabr 2020Nurbek Shukurov Madaniyat vazirligining Kadrlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
09:08 30 Noyabr 2020Joriy yilning 1-noyabr holatiga Oʻzbekiston qiymati 1,5 mlrd. AQSH dollariga teng boʻlgan toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
08:59 30 Noyabr 2020Moʻynoq tumanida boʻlayotgan oʻzgarish va yangilanishlarni koʻrganimizda Prezidentimizning “Madaniyat Moʻynoqdan boshlanadi” degan soʻzlari yodimizga tushadi. Haqiqatan ham bugungi bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari rivojlanish Moʻynoqdan boshlanayotganini koʻrsatib turibdi. Kuni kecha Moʻynoqda bir kunda bir necha obyektlar oʻz faoliyatini boshladi.
17:46 29 Noyabr 202028-noyabrdan 29-noyabrga oʻtar kechasi soat taxminan 3.40 larda Abdulla Qodiriy koʻchasida joylashgan “Ramada” mehmonxonasi yaqinida fuqaro Z.S. boshqaruvidagi «Malibu» rusumli (d/r 01 F550 JB) avtomobil ishtirokida yoʻl-transport hodisasi yuz bergan. Avtoulovda 33 yoshli N.F. ham boʻlgan. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, haydovchi...
17:28 29 Noyabr 2020Bugun Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan jurnalist, mamlakatimizda shaxmat sportining rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan inson, taniqli sport sharhlovchisi Akrom Toshxoʻjayev 66 yoshida olamdan oʻtdi. Bu haqda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
17:10 29 Noyabr 2020Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Iqtisodiyot fakulteti 3-bosqich talabasi Dostonbek Rustamov Nursulton shahrida oʻtkazilgan “MDHning eng yaxshi talabasi-2020” xalqaro tanlovida 14 mamlakat ichidan “Raqamli iqtisodiyot va innovatsiyalarni boshqarish” yoʻnalishi boʻyicha ishtirok etib, faxrli I oʻrinni egalladi.
16:47 29 Noyabr 2020Turkiy xalqlar tarixi bilan bogʻliq manbalarda “Qora uy”, “Oq uy” nomlari bilan atalgan oʻtov oʻz vaqtida yurtdan yurtga koʻchib yuruvchi xalq uchun ajoyib boshpana boʻlgan.
16:13 29 Noyabr 2020