UzAuto Motors ilk bor 150 mln. yevrogacha boʻlgan summada xalqaro sindikatlashgan kredit jalb etmoqda
“UzAuto Motors” AJ hamda Credit Suisse AG kompaniyasi London boʻlimi 150 mln yevrogacha boʻlgan summada xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisida kelishuv imzoladi. Bu haqda AJ axborot xizmati xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 18-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, UzAuto Motors eng yaxshi jahon tajribalariga asoslangan zamonaviy boshqaruv uslublarini tatbiq etish ustida faol ishlamoqda.
Kelishuv doirasida olingan mablagʻlar UzAuto Motorsning investitsiya loyihalarini moliyalashtirish, zavodni modernizatsiyalash va texnik jihozlash va aylanma mablagʻlarni oshirishga yoʻnaltiriladi. Bu investitsiya loyihalarini amalga oshirish UzAuto Motorsʻga GEM platformasida General Motorsʻning yangi modellarini ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish imkonini beradi.
Xalqaro sindikatlashgan kredit toʻgʻrisidagi kelishuvning imzolanishi UzAuto Motors uchun xalqaro sindikatlashgan kreditlash debochasi sifatida ramziy maʼno anglatdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring