Issiqxonalarda yetishtirilgan mahsulotlarning 70 foizi eksport qilindi
Andijon viloyatidagi mavjud 148 gektar maydondagi issiqxonalarda bahor tafti hukmron. Bu yerda yetishtirilayotgan bodring va pomidor koʻchatlari baravj rivojlanmoqda. Jumladan, Buloqboshi tumanidagi «Nektar agro» masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidagi 2,5 gektar maydonda 200 tonna pomidor, 100 tonna bodring yetishtirish koʻzda tutilgan.
— Bu yilgi mavsumda 42 tonna pomidor yetishtirdik, — deydi MCHJ rahbari Abduhakim Toʻlanov. — Mahsulotning 75 foizi qoʻshni davlatlarga eksport qilindi.
Joriy yilda viloyatdagi mavjud issiqxonalarda 13 ming tonna mahsulot yetishtirilib, 70 foizi Rossiya, Belgiya, Qozogʻiston, Belarus, Qirgʻiziston kabi mamlakatlardagi xaridorlarga yetkazib berildi.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring