Moʻynoqda hayot qaynoq
Moʻynoq tumanida boʻlayotgan oʻzgarish va yangilanishlarni koʻrganimizda Prezidentimizning “Madaniyat Moʻynoqdan boshlanadi” degan soʻzlari yodimizga tushadi. Haqiqatan ham bugungi bunyodkorlik va yaratuvchanlik ishlari rivojlanish Moʻynoqdan boshlanayotganini koʻrsatib turibdi. Kuni kecha Moʻynoqda bir kunda bir necha obyektlar oʻz faoliyatini boshladi.

Moʻynoqda yangidan qurilib foydalanishga topshirilayotgan obyektlarning ochilish marosimlarida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Raisi M.Kamalov ishtirok qildi.
Dastlab, «Toqpaq ata» jome masjidi ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyati vakillari, nuroniylar va keng jamoatchilik ishtirok qildi. «Toqmaq ata» masjidi bir vaqtning oʻzida 300 kishini sigʻdira oladi. Mehmonlar masjidda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi va marhumlar ruhiga bagʻishlab Qurʼon tilovat qilindi.
Shundan soʻng M.Kamalov tuman madaniyat markazida hudud yoshlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda yoshlar bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflari, muammolari boʻyicha murojaatlarini tingladi. Yoshlar muammolarini hal qilish boʻyicha Moʻynoq tumani hokimi Ye.Edenbayevga topshiriqlar berildi.
Joriy yilda 500 nafardan ortiq muynoqlik yoshlar talabalikka qabul qilindi. Uchrashuvda oliy oʻquv yurtiga qabul qilish boʻyicha imtiyozlar berilgani uchun hudud yoshlari Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.
Joʻqorgʻi Kenges Raisi M.Kamalov tuman markazida “TURSINBEK DENT” stomatologiya xususiy klinikasi, “ARAL HOTEL MUYNAK” masʼuliyati cheklangan jamiyati va “Dengiz” mehmonxonasining tantanali ochilish marosimlarida ishtirok qildi. Shuningdek, «Moʻynoq porloq teks» tikuvchilik fabrikasida boʻlib, u yerda mehnat qilayotgan xotin-qizlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Qurilishi davom qilayotgan obyektlarda ham boʻlib, qurilish ishlari bilan tanishdi.
Bugun Moʻynoqda hayot qaynoq. Endi Moʻynoq yurtimizning eng olis va chekka tumani emas, balki bunyodkorlik va taraqqiyot boshlanadigan manzilga aylanib ulgurdi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring