All

Oʻzbekistonlik yoshlarning uchdan bir qismi pora berishni korrupsiya deb hisoblamaydi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi U-Report platformasi bilan hamkorlikda aholining, xususan, yosh avlod vakillarining korrupsiyaga boʻlgan munosabatini oʻrganish maqsadida yoshlar oʻrtasida soʻrov oʻtkazdi. Agentlikning maʼlumot berishicha, soʻrov natijalaridan korrupsiyaning oldini olish va uning barcha darajalarini bartaraf etishning tashkiliy ishlarini yaxshilashda foydalaniladi.

16:06 09 Dekabr 2020
Vazirlar Mahkamasida tayinlov amalga oshirildi

Hukumatning tegishli qaroriga koʻra, Obidjon Nematovich Qudratov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sport va turizmni rivojlantirish masalalari kotibiyati mudiri etib tayinlandi

16:01 09 Dekabr 2020
Koronavirusga qarshi emlanish jarayonidagi eng katta xato maʼlum qilindi

Koronavirusga qarshi samaraliligi 95 foizga baholanayotgan AQSHning “Pfizer” kompaniyasi vaksinasining bir dozasi infeksiyadan toʻliq himoya qila olmaydi. Buning uchun 12 kundan soʻng ikkinchi dozani olish kerak.

15:46 09 Dekabr 2020
Oʻzbekistonning qurilish normativlariga Koreya granti ajratiladi

Oʻzbekistonda yoʻllar va koʻpriklar qurilishiga oid normalarni modernizatsiya qilish zarur. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirining Koreya Respublikasining Yer resurslari, infrastruktura va transport vaziri bilan muloqotida aytib oʻtildi. 

15:22 09 Dekabr 2020
Respublika bolalar suyak sili sanatoriysiga bosh vrach tayinlandi 

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirining tegishli buyrugʻiga koʻra, Respublika bolalar suyak sili sanatoriysi bosh vrachi lavozimiga Asilbek Ahmadjonov tayinlandi

15:03 09 Dekabr 2020
3 500dan ziyod xonadonga bir oyga yetadigan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelayotgan korxona aniqlandi

Joriy yilning 7-dekabr kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Nurobod qoʻrgʻonida joylashgan “MEGA BLOCK INVESTMENT” MCHJga qarashli gazoblok ishlab chiqarish korxonasining tabiiy gazdan foydalanish holati oʻrganilganda, jamiyat tomonidan noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalangan holda, ohak mahsuloti ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib...

14:45 09 Dekabr 2020
Samarqand shahar kengashi sessiyasi boʻlib oʻtdi

Xalq deputatlari Samarqand shahar kengashi sessiyasida hududning 2020-yil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yakunlari va 2021-yil uchun belgilangan ustuvor yoʻnalishlar toʻgʻrisida shahar hokimi Boburmirzo Oblaqulovning hisoboti eshitildi.

14:02 09 Dekabr 2020
Aliment toʻlashdan boʻyin tovlaganlarga nisbatan yangi choralar qoʻllash taklif qilindi

Joriy yilning 9-dekabr kuni Adliya vazirligida Oliy Majlis Senati Raisi T. Narbayeva rahbarligida oila qonunchiligini takomillashtirish masalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi.

13:42 09 Dekabr 2020
Toshkent viloyatida mansabdor shaxslarning 2 ming 30 ta qonunga zid huquqiy hujjatlari qonun talablariga moslashtirildi

Mamlakatimiz aholisi tomonidan tantanali nishonlangan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 28 yilligi sanasi milliy davlatchiligimizning eng katta yutugʻidir.

13:21 09 Dekabr 2020
Toshkentdan Andijonga joʻnab ketgan poyezd 2 soatga kechikishi maʼlum qilindi 

Bugun poytaxtdan soat 8:05 da joʻnab ketgan “Toshkent - Andijon” yoʻnalishidagi yoʻlovchi poyezdi texnik sabablarga koʻra yoʻl davomida kechikib harakatlanmoqda. Ayni paytda kechikish vaqti ikki soatni tashkil etmoqda.

13:14 09 Dekabr 2020
“Qatortol” koʻchasi namunaviy koʻchaga aylantirilmoqda — Chilonzor tuman hokimligi

Chilonzor tuman hokimligi Axborot xizmatining xabar berishicha, “Qatortol” koʻchasi namunaviy koʻchaga aylantirilmoqda.

12:48 09 Dekabr 2020
Jizzaxda “Epica” yonib ketdi

Joriy yilning 9-dekabr kuni soat 5:50larda, Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani hududida 1993-yilda tugʻilgan haydovchi R.K. “Epica” mashinasida “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetidagi daraxtga borib urilishi oqibatida avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan.

12:21 09 Dekabr 2020
Oʻzbekistonda tadbirkorlarga “prava” imtihonlarini oʻtkazishga ruxsat berildi

“Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

12:11 09 Dekabr 2020
Dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat qanday?

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 67 million 210 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 540 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Jons Xopkins universitetining hozirgi maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 68 million 223 mingdan ortiq...

12:06 09 Dekabr 2020
Vaksinani qoʻllashga shoshilmaslik kerak - Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi rahbari

Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Kariyev COVID-19ʼga qarshi vaksina qoʻllanilishi bilan bogʻliq fikrlarini aytib oʻtdi.

12:00 09 Dekabr 2020
Tadbirkorlar davlat xizmatlari koʻrsatilishida agent sifatida ishtirok etishi mumkin

“Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

11:44 09 Dekabr 2020
Koronavirusga qarshi vaksina sinovida qatnashgan 6 kishi vafot etdi

Amerikaning Pfizer kompaniyasi va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi tomonidan birgalikda ishlab chiqilgan vaksinani sinovlarida olti kishi halok boʻldi. Bu haqda AQSH oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) veb-saytida chop etilgan hujjatda aytilgan

01:56 09 Dekabr 2020
Hindistonda tarqalgan sirli kasallikning kelib chiqish sabablari aniqlandi

​​​​​​​Avvalroq, Hindistonda nomaʼlum infeksiya tufayli 300 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.

01:27 09 Dekabr 2020
Davlat raqamini yopgan holda harakatlangan «Kaptiva» haydovchisi javobgarlikka tortildi

«Kaptiva» rusumli, 01 215 PFA davlat raqam belgili transport vositasi haydovchisi avtomobil davlat raqam belgisini yopgan holda harakatlanganligi aks etgan video lavha va fotosuratlar fuqaro tomonidan IIV YHXBBga maʼlum qilindi.

01:11 09 Dekabr 2020
Barselona hayvonot bogʻidagi sherlarda koronavirus aniqlandi

Barselona hayvonot bogʻidagi toʻrtta sherda koronavirus aniqlangan. Bu ushbu turdagi hayvonlarda “Covid-19” bilan zararlanishning ikkinchi holati hisoblanadi. Aprelda Nyu-Yorkda ham sherlarda koronavirus aniqlangan edi

21:09 08 Dekabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер