Jizzaxda “Epica” yonib ketdi

12:21 09 Dekabr 2020 Jamiyat
908 0

Joriy yilning 9-dekabr kuni soat 5:50larda, Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani hududida 1993-yilda tugʻilgan haydovchi R.K. “Epica” mashinasida “Samarqand-Toshkent” yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan vaqtida boshqaruvni yoʻqotib yoʻl chetidagi daraxtga borib urilishi oqibatida avtomobilda yongʻin yuzaga kelgan.

Yongʻin oʻt oʻchiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Avtomobil toʻliq yongʻindan zararlangan.

Hodisa natijasida vafot etgan yoki tan jarohati olganlar yoʻq.

Mazkur hodisa yuzasidan tuman IIB YHXB va FVB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер