Hindistonda tarqalgan sirli kasallikning kelib chiqish sabablari aniqlandi
Avvalroq, Hindistonda nomaʼlum infeksiya tufayli 300 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar bergan edik.
Qoʻrgʻoshin va nikeldan zaharlanish Hindiston janubidagi Andxra-Pradesh shtatida sirli kasallikning kelib chiqishiga sabab boʻlishi mumkin, deb xabar berdi RIA Novosti shtat sogʻliqni saqlash bosh vaziri idorasiga tayanib.
Ushbu moddalarning izlari suv va sutda topilganligi taʼkidlangan.
Qayd etilishicha, ushbu nomaʼlum kasallik koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq emas va odamdan odamga yuqmaydi.
Simptomlar orasida bosh aylanishi, epileptik tutilishlar 3-5 daqiqa, toʻsatdan hushdan ketish, bir necha daqiqada xotirani yoʻqotish, bosh ogʻrigʻi va bel ogʻrigʻi, ogʻizda koʻpik paydo boʻlishi va titroq mavjud.
«Sirli epidemiyaning sababi qoʻrgʻoshin ekanligi aniqlandi», dedi davlat rahbarining oʻrinbosari Alla Kali Krishna Shrinivas.
«Bosh vazir vakolatli organlarga bemorlarning tanasidagi ogʻir metallarning tarkibini sinchkovlik bilan tekshirishni va davolanish jarayonini doimiy ravishda kuzatib borishni buyurdi», deyiladi xabarda.
Mahalliy sogʻliqni saqlash idoralarining maʼlumotlariga koʻra, 505 kishi nomaʼlum kasallikdan aziyat chekkan, 370 dan ortigʻi sogʻaygan va yana 120 kishi kasalxonalarda qolmoqda. Bundan tashqari, 19 kishi Vijayavada va Gunturaning yirik shaharlariga jiddiyroq tibbiy yordam koʻrsatish uchun yuborilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring