All

Prezident Farmoni bilan 104 nafar fuqaro afv etildi

Afv etilgan shaxslarning 6 nafari asosiy jazodan toʻliq ozod etildi, 50 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 17 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi. Shuningdek, 41 nafar shaxsga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

19:53 07 Dekabr 2020
Yana uchta xususiy bandlik agentligining litsenziyasi bekor qilindi

“Avangard Personal xususiy bandlik agentligi”, “Global hansung recruiting xususiy bandlik agentligi”, “Global Resources xususiy bandlik agentligi” MCHJlar oʻz arizalari va Oʻzbekiston Respublikasi “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash toʻgʻrisida”gi Qonun, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy bandlik agentliklari toʻgʻrisida”gi Qonun hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining...

18:33 07 Dekabr 2020
Fuqarolar nomiga kredit rasmiylashtirib, uni oʻzlashtirgan 7 nafar bank xodimi ishdan boʻshatildi 

Ijtimoiy tarmoqlarda Xalq bankining Piskent filialidan 8 nafar xodim qish kunida sababsiz ishdan boʻshatildi, ularning ham bolalari bor. Yangi rahbar hech kimni chaqirmay uyiga ogohlantirish xati yuborgan. Mehnat kodeksida ish topgunicha ikki oylik kompensatsiya beriladi, deb yozilganku, degan mazmundagi murojaati...

18:26 07 Dekabr 2020
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro sertifikat qoʻlga kiritdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni arafasida vazirlik va idoralar orasida ikkinchi boʻlib, korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha xalqaro ISO 37001:2016 standarti “Korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi” sertifikatini qoʻlga kiritdi.

17:57 07 Dekabr 2020
Oʻzbekistonda paxta yogʻining narxi arzonlashdi

Oʻtgan haftada birja savdolariga 5 144,0 tonna paxta yogʻi qoʻyildi va ulardan 1 457,0 tonnasi, yaʼni 28,3% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 77 ta xaridor ishtirok etdi.

17:40 07 Dekabr 2020
Oʻzbekistonda AI-80 markali avtomobil benzinining narxi yana oshdi

Oʻtgan haftada birja savdolariga 23 691,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 20 215,4 tonnasi, yaʼni 85,3% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 50 xaridor ishtirok etdi.

17:32 07 Dekabr 2020
“UzAuto Motors” bilan bogʻliq holatni toʻxtatishning bitta yoʻli bor — Monopoliyaga qarshi kurash qoʻmitasi 

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisning birinchi oʻrinbosari Bobir Karimov “UzAuto Motors” bilan bogʻliq sud qaroriga izoh berdi.

17:19 07 Dekabr 2020
Rossiya aholisi Yangi yilni qayerda kutib olishiga aniqlik kiritilmoqda

Rossiya aholisi koronavirus pandemiyasi sababli hududlarda karantin qoidalariga rioya qilgan holda bayram kechasini restoran yoki kafeda oʻtkazishlari mumkin. Tegishli maʼlumotlar Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi portalida eʼlon qilindi. Ammo tartib barcha hududlarga taalluqli emas.

17:07 07 Dekabr 2020
OʻzMU xalqaro toifadagi kadrlar tayyorlaydi

Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi Moliya universiteti bilan birgalikda “Moliyaviy tahlikalarni boshqarish va sugʻurta qilish” va “Ijtimoiy sohaning biznesi va moliya” yoʻnalishlarida qoʻshma dastur asosida bakalavrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻydi.

17:01 07 Dekabr 2020
Antimonopoliyaning pandemiyada MSKT tahlili narxi 4 baravargacha koʻtarilganiga oid soʻrovini “Biznes-ombudsman” “tekshirib ham oʻtirmay” rad etdi

Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi MSKT tahlili uchun narx sunʼiy oshirilganini tekshirish maqsadida Tadbirkorlik huquqini himoya qilish boʻyicha “Biznes-ombudsman”ga murojaat qilgan va rad javobini olgan. Bu haqda Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi raisning birinchi oʻrinbosari Bobir Karimov maʼlum qildi.

16:14 07 Dekabr 2020
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II koronavirusga qarshi vaksina bilan qachon navbati kelsa emlanadi — OAV

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II maxsus sharoitlarda koronavirusga qarshi emlanmaydi. U preparatni hamma qatori, yaʼni qachonki navbati kelsa qabul qiladi.

15:55 07 Dekabr 2020
Birlamchi nogironlik qanday belgilanadi?

Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boʻlim boshligʻi Abdugʻofur Narzullayev birlamchi nogironlik haqidagi savollarga javob berdi.  

15:36 07 Dekabr 2020
Hindistonda nomaʼlum infeksiya tufayli 300 dan ortiq odam kasalxonaga yotqizildi

Janubiy Hindistonning Andxra-Pradesh shtatida joylashgan Eluru shahrida yashovchi bir fuqaro nomaʼlum xastalikdan vafot etgan. Yana 315 kishi xuddi shu aniqlanmagan xastalik alomatlari bilan kasalxonaga yotqizildi.

14:53 07 Dekabr 2020
Maradona 50ga yaqin oilani boqish uchun oyiga 100 ming yevrodan koʻp sarflab kelgani maʼlum boʻldi

Sobiq futbolchi va Argentina terma jamoasining murabbiyi Diyego Maradona har oy 10 milliondan ortiq Argentina pesosi (100 ming yevrodan koʻp) sarflab kelgan.

14:44 07 Dekabr 2020
Shoʻrchi tumanida yangi texnikum tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Samarqand davlat universitetining Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti huzurida Shoʻrchi axborot texnologiyalari texnikumini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

14:42 07 Dekabr 2020
Oʻzbekiston Ochiq maʼlumotlar reytingida Markaziy Osiyoda 1-oʻrinni egalladi

Oʻzbekiston “Open Data Inventory” (ODIN) Ochiq maʼlumotlar reytingida 63 ball yigʻib, jahon boʻyicha 44-oʻrinni, Markaziy Osiyoda esa 1-oʻrinni egalladi.

14:19 07 Dekabr 2020
“Yoshlar” kichik sanoat zonasida qiymati 390 milliard soʻmlik loyihalar joylashtiriladi

Namangan viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Shavkatjon Abdurazzoqov “Yuksalish” mahallasida bunyod etilayotgan “Yoshlar” kichik sanoat zonasida boʻlib, bu yerda ishlarning borishini tahlil qildi.

14:08 07 Dekabr 2020
Shermatov Oʻzbekistonga AQSHdan oʻqituvchilar kelishini va 1-11-sinflarga ingliz tili televizion darslarini “native speaker” olib borishini maʼlum qildi

Oʻzbekiston xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatov oʻzining Telegram kanali oʻquvchilarni til oʻrganish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanishga chaqirdi.

14:08 07 Dekabr 2020
Namanganda aholidan maishiy chiqindilarni olib ketish bilan xususiy korxona shugʻullana boshladi

Ayni xizmatning xususiy sektor ixtiyoriga berilishi mamlakatda birinchi boʻlib Namangan viloyatida amalga oshirilmoqda. Ushbu yangilik viloyat hokimligi axborot xizmati tashabbusi bilan oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

14:04 07 Dekabr 2020
Toʻrtkoʻldagi xonadonlardan birida vahshiy qotillik alomatlari bor jasad topildi

Joriy yilning 29-noyabr kuni soat 10:30 larda Toʻrtkoʻl tumani, Shoraxan mahallasida yashovchi S.D.ning murdasi qotillik alomatlari bilan yashash xonadoni mehmonxonasidan hamda nabirasi H.A. tanasining turli joylariga 12 marotaba oʻtkir tigʻli jism bilan tan jarohati yetkazilgan holda topilgan va H.A. shifoxonaga...

13:58 07 Dekabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер