Rossiya aholisi Yangi yilni qayerda kutib olishiga aniqlik kiritilmoqda

17:07 07 Dekabr 2020 Dunyo
1339 0

Rossiya aholisi koronavirus pandemiyasi sababli hududlarda karantin qoidalariga rioya qilgan holda bayram kechasini restoran yoki kafeda oʻtkazishlari mumkin. Tegishli maʼlumotlar Rossiya turoperatorlari assotsiatsiyasi portalida eʼlon qilindi. Ammo tartib barcha hududlarga taalluqli emas.

Masalan, mamlakatning ayrim hududlarida ayrim cheklovlar amal qiladi. Xususan, Tatariston va Boshqirdiston Respublikalarida. Tataristonda ovqatlanish shoxobchalari mijozlarga 31-dekabrdan 1-yanvarga oʻtar kechasi soat 03:00 gacha, Boshqirdiston Respublikasida esa zarur xavfsizlik choralarini hisobga olgan holda cheklanmagan muddatda xizmat koʻrsatishlariga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, Krasnodar oʻlkasidagi kafe va restoranlar yarim tungacha ishlaydi, shu bilan birga mahalliy mehmonxonalarda yangi yil dasturlari bekor qilinmagan. Oʻz navbatida, Qrim aholisi va mehmonlari soat 22:00 gacha koʻchada ovqatlanishlari mumkin. Yarim orolning mehmonxonalari va sanatoriyalarida esa yangi yil bayramlari kelishilgan holda — ochiq havoda oʻtkaziladi.

Shu bilan birga, portal yangi yilni oʻz uyida kutib olishlari shart boʻlgan mintaqalar va shaharlar roʻyxatini tuzdi. Bular: Moskva, Sankt-Peterburg, Stavropol oʻlkasi, Rostov-Don, Perm, Kareliya Respublikasi, Kaliningrad, Novosibirsk, Astraxan, Yekaterinburg, Tyumen, Nijniy Novgorod, Kaluga, Penza, Xanti-Mansi avtonom okrugi, Tula, Yaroslavl, Voronej va Chelyabinsk.

Avvalroq gubernator Aleksandr Beglov 30-dekabrdan 3-yanvargacha Sankt-Peterburgdagi barcha kafe va restoranlarning butunlay yopilishini maʼlum qilgan edi. Cheklovlar yetkazib berish va olib ketish xizmatlariga, sanoat oshxonalariga, temir yoʻl stansiyalaridagi, aeroportdagi va yoqilgʻi quyish shoxobchalaridagi ovqatlanish korxonalariga tatbiq etilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер