Koronavirusga qarshi emlanish jarayonidagi eng katta xato maʼlum qilindi
Koronavirusga qarshi samaraliligi 95 foizga baholanayotgan AQSHning “Pfizer” kompaniyasi vaksinasining bir dozasi infeksiyadan toʻliq himoya qila olmaydi. Buning uchun 12 kundan soʻng ikkinchi dozani olish kerak.
Ushbu fikrlarni “Pfizer” farmatsevtika kompaniyasining bosh direktori Albert Burla aytib oʻtdi.
Uning soʻzlariga koʻra, agar bemorga preparatning birgina inyeksiyasi yuborilsa, u faqatgina 50 foiz yoki shunga yaqinroq koʻrsatkich bilan himoyalanadi, ikkinchi doza esa ushbu koʻrsatkichni ikki baravar oshiradi.
“Bu ikki dozali vaksina boʻlgani bois, odamlar 95 foiz himoyalanganligiga ishonch hosil qilishlari uchun ikkita dozani olishlari kerak”, deydi Burla.
Burlaning alohida qayd etishicha, xastalikka qarshi bir inyeksiya bilan emlashga harakat qilish eng katta xatodir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring