All

Jo Bayden va Kamala Xarris “Yil odami” deya eʼlon qilindi

AQSHda oʻtgan prezident saylovlarida gʻolib chiqqani aytilayotgan Jo Bayden hamda vitse-prezident etib saylangan Kamala Xarris "Time" jurnalining dastlabki maʼlumotlariga koʻra “Yil odami” deya eʼlon qilindi.

13:04 11 Dekabr 2020
OʻzMU 500 talik universitetlar reytingida 21 pogʻona yuqoriladi

Yaqinda UI GreenMetric World University Ranking xalqaro reytingining natijalari eʼlon qilindi. 

12:57 11 Dekabr 2020
Erkin Vohidovni yigʻlatgan muallim 

Gazeta bejizga tarixning moʻjaz bir sahifasiga qiyoslanmaydi. “Fargʻona haqiqati” gazetasi taxlamlarini varaqlab, 1998-yil fevral oyi sonlarida taniqli shoir Yoʻldosh Soʻlaymonning bir maqolasiga koʻzim tushdi. Unda xalqimizning ardoqli ijodkori Erkin Vohidov bilan bogʻliq bir voqea haqida yozilgan.

12:54 11 Dekabr 2020
Sessiyalarda hokimlarning murojaati eshitilmoqda

Sessiyalarda tuman (shahar) hokimlarining 2020-yilgi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari boʻyicha hisobotlari eshitilib, kelgusi yilgi rejalariga bagʻishlangan murojaatlari qabul qilinmoqda. Tahlil va sarhisob ruhida oʻtayotgan yigʻilishlarda respublika va mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillari, blogerlar ishtirok etib, oʻzlarini qiziqtirgan savollar yuzasidan hokimlarga savollar...

12:51 11 Dekabr 2020
Andijonliklar endi tomda ham dehqonchilik qilishni boshladi

Andijon viloyatining aholisi zich, yer maydoni kam boʻlgani uchun har bir qarich yerdan unumli foydalanib, bir yilda toʻrt martagacha hosil olayotganini bilar edig-u, biroq tomda dehqonchilik qila boshlashganini eshitmagan ekanmiz. Paxtaobod tumanidagi Sangraobod mahallasida istiqomat qiluvchi Sarvarbek Maʼmurov molxonasining 5...

12:43 11 Dekabr 2020
“Kattakonlarni toʻyi boʻlsa kerak” sarlavhasi ostida tarqalgan videolavha yuzasidan maʼlumot berildi

Mazkur video lavha yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilganda, video lavhada aks etgan “Toyota Land Cruiser” rusumli, 01 Z 200 DB davlat raqam belgili avtomobil egasi davlat raqam belgi orqali aniqlanganda, ushbu avtomobil fuqaro G.U.ga tegishli boʻlganligi, ayni vaqtda avtomobilni boshqa...

12:40 11 Dekabr 2020
Tibbiyot menejmenti boʻyicha Turkiya universiteti bilan hamkorlik qilinadi

Turkiyaning Istanbul Medipol universiteti va Toshkent Tibbiyot akademiyasining Urganch filiali oʻrtasida sogʻliqni saqlash,  taʼlim va ilmiy-tadqiqot sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlik, xalqaro aloqalarni rivojlantirish maqsadida shartnoma imzolandi.

12:30 11 Dekabr 2020
“UzAuto Motors” ishi boʻyicha apellyatsiya jarayonlari boshlandi

19-avgust kuni Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasining Maxsus komissiyasi “UzAuto Motors” AJ mashina narxlarini asossiz oshirgan, deb topgan edi. “UzAuto Motors” bu qaror ustidan sudga shikoyat qildi va Toshkent shahar maʼmuriy sudining 2020-yil 30-oktyabrdagi hal qiluv qaroriga uning daʼvosi qanoatlantirildi, Maxsus...

12:24 11 Dekabr 2020
Navoiyda 13 mingdan ortiq yovvoyi hayvonlarni noqonuniy ovlash uchun imkoniyat yaratilgani aniqlandi

Navoiy viloyatida yovvoyi hayvonlarning noqonuniy ovlanganligi fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

12:09 11 Dekabr 2020
Qoʻqon shahar hokimi ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolar uchun osh damladi

Latif shaharning Burchilik koʻchasidagi yotoqxonada yashovchi bir guruh hamyurtlarimiz uchun ham bayram dasturxoni yozildi. Maʼlum boʻlishicha, ijtimoiy koʻmakka muhtoj fuqarolar uchun tayyorlangan oshni Qoʻqon shahar hokimi Maʼrufjon Usmonov oʻz qoʻli bilan damladi va suzib berdi.

12:00 11 Dekabr 2020
Federatsiyaning hamkorlik geografiyasi Yevropa tomon kengaymoqda

Bugun, 11-dekabr kuni Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi raisi Jahongir Sarimsoqov Yevropa isteʼmolchilar markazi tarmogʻining (YEIMT) Buyuk Britaniyadagi tashkiloti rahbariyati bilan videokonferensiya formatida muzokara oʻtkazdi.

11:56 11 Dekabr 2020
Dunyoda koronavirus bilan bogʻliq vaziyat qanday?

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 68 million 165 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 1 million 557 mingdan ziyod kishi vafot etgan.

11:52 11 Dekabr 2020
Sayohat ortidan qancha tajriba, bilim orttiriladi

Bugun mamlakatimizda turizm sohasi iqtisodiyotning strategik tarmoqlaridan biri sifatida jadallik bilan rivojlanmoqda. Bir qator qonuniy asoslarning yaratilayotgani esa uning taraqqiyotiga zamin boʻlmoqda.

11:30 11 Dekabr 2020
“Koʻchamizdagi simyogʻochga chumchuq qoʻnsa ham “svet” oʻchardi”

Qaysidir bir qishloqda elektr energiyasi taʼminoti haqida soʻz ketganda “Koʻchamizdagi simyogʻochga chumchuq qoʻnsa ham “svet” oʻchadi”, deya nolishganini eshitgandik. Yaqin-yaqingacha Kogon tumani “Sarayon” mahalla fuqarolar yigʻini Sarayon koʻchasida yashovchilardan ham hol- ahvol soʻralsa, shu maʼnodagi gap-soʻzlarni eshitish mumkin edi.

11:27 11 Dekabr 2020
Qishloq xoʻjalik texnikalari namoyish etilmoqda

10 — 13-dekabr kunlari Jomboy tumanidagi “Uz Truck & Bus Motors” avtomobilsozlik korxonasi hududida qishloq xoʻjalik texnikalari, texnologiyalari yarmarkasi va sanoat kooperatsiyasi boʻlib oʻtmoqda.

11:21 11 Dekabr 2020
Deputat koʻmagi bilan kambagʻallik barham topdi

“Kambagʻalga baliq berma, qarmoq ber” degan naql bor. Respublikamizda «Temir daftar” tarkibiga kiritilgan kam taʼminlangan, ehtiyojmand xotin-qizlarni kambagʻallikdan chiqarishda ana shu naqlga amal qilinmoqda. Xususan, Xalq deputatlari Shahrixon tumani Kengashi deputati Dilshodbek Roʻzimatov «Vaxm» hamda “Beg bachcha” MFYlarida istiqomat qiluvchi...

10:59 11 Dekabr 2020
Asakada IT-Park ish boshladi

Andijon viloyatida axborot texnologiyalari sohasidagi isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Asaka tumanida ish boshlagan IT-Park bu boradagi amallar ifodasidir.

10:42 11 Dekabr 2020
Margʻilonda Markaziy Osiyoda yagona teatr bor

Margʻilon shahar musiqali maqom teatri Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. U Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentyabr kungi qaroriga koʻra milliy maqom sanʼatining tarixiy, zamonaviy ijro anʼanalari hamda noyob sanʼat namunalarini keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan.

10:30 11 Dekabr 2020
2021-yilning asosiy ranglari maʼlum qilindi

AQSHning “Pantone” ranglar instituti (Pantone Color Institute) mutaxassislari 2021-yilning ikki asosiy rangini maʼlum qilishdi. Bular quyuq kulrang (17-5104 Ultimate Grey) hamda yorqin sariq (Pantone 13-0647 Illuminating) ranglardir.

00:31 11 Dekabr 2020
Yigirma yil ichida Arktikadagi barcha muzliklar erib ketishi mumkin — Olimlar

AQSHning Milliy okeanografiya va atmosfera boshqarmasi xodimlari Shimoliy qutbda rekord darajadagi isishni qayd etishdi.

23:32 10 Dekabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер