Margʻilonda Markaziy Osiyoda yagona teatr bor
Margʻilon shahar musiqali maqom teatri Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi. U Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-sentyabr kungi qaroriga koʻra milliy maqom sanʼatining tarixiy, zamonaviy ijro anʼanalari hamda noyob sanʼat namunalarini keng targʻib qilish maqsadida tashkil etilgan.
Bu qutlugʻ dargoh teatrlashtirilgan tomosha va konsert dasturlari orqali maqom sanʼati, shuningdek, qiziqchilik va askiya sanʼatidan xalqimizni bahramand etib kelmoqda. Oʻtgan qisqa vaqt mobaynida
Teatr direktori Tavakkal Sultonovning qayd etishicha, shu kunlarda Fargʻona viloyati hokimligi koʻmagida ijodiy jamoa uchun zamonaviy shart-sharoitlar yaratish va teatrning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida bir qator ezgu tashabbuslarni roʻyobga chiqarish boʻyicha izchil saʼy-harakatlar olib borilmoqda.
B. Madiyorov,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring