Qishloq xoʻjalik texnikalari namoyish etilmoqda
10 — 13-dekabr kunlari Jomboy tumanidagi “Uz Truck & Bus Motors” avtomobilsozlik korxonasi hududida qishloq xoʻjalik texnikalari, texnologiyalari yarmarkasi va sanoat kooperatsiyasi boʻlib oʻtmoqda.
Koʻrgazmada mahalliy tadbirkorlar ishlab chiqargan texnika va texnologiyalar namoyishi bilan birga import qilingan va joylarda foydalanilayotgan katta va kichik qishloq xoʻjalik texnikalari hamda ular uchun zarur moslamalar, intensiv bogʻdorchilik uchun sugʻorish tizimlari jihozlari, kimyoviy oʻgʻitlar, urugʻlar, koʻchatlar, preparatlar, vitaminlar namoyish etilmoqda.
Yarmarkada qishloq xoʻjalik klasterlari, fermer xoʻjaliklari, tomorqa egalari oʻzlariga zarur texnikalarni bevosita xarid qilish, bank krediti yoki lizing orqali xarid qilish shartnomalarini imzolashlari, ilgʻor texnologiyalar bilan tanishishlari va mutaxassislarning maslahatlarini olishlari mumkin.
Abdulaziz Yoʻldoshev
(Xalq soʻzi)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring