Asakada IT-Park ish boshladi

10:42 11 Dekabr 2020 Iqtisodiyot
1321 0

Andijon viloyatida axborot texnologiyalari sohasidagi isteʼdodlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Asaka tumanida ish boshlagan IT-Park bu boradagi amallar ifodasidir.

— Bu yerda IT sohasidagi fan va kasblarni oʻrganish imkoniyati mavjud, — deydi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi boshligʻi Ziyodillo Samatov. — Kompyuter savodxonligi, dasturlash, Web-dizayn, grafik dizayn, mobil robototexnika, kibersport turlari boʻyicha tajribali mutaxassislar jalb etilgan.

IT-Park yuqori tezlikdagi internet, start-up xonalari, robototexnika laboratoriyasi, media-markaz, kibersport va innovatsion mashgʻulotlar xonalariga ega.

Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер