2021-yilning asosiy ranglari maʼlum qilindi

00:31 11 Dekabr 2020 Dunyo
2917 0

AQSHning “Pantone” ranglar instituti (Pantone Color Institute) mutaxassislari 2021-yilning ikki asosiy rangini maʼlum qilishdi. Bular quyuq kulrang (17-5104 Ultimate Grey) hamda yorqin sariq (Pantone 13-0647 Illuminating) ranglardir.

Bu haqda institut saytida maʼlum qilindi.

"Tosh kabi amaliy hamda qattiq, ammo ayni paytda iliqlik va optimizm ulashuvchi Pantone 17-5104 Ultimate Grey va Pantone 13-0647 Illuminating birlashmasi oʻzida kuch va ijobiylikni mujassam etadi", - deyiladi xabarda.

“Pantone” rahbari Leatris Eysmanning soʻzlariga koʻra, ushbu ranglar uygʻunligi chidamlilik hamda umid baxsh etadi, zero har bir inson oʻzini ilhomlangan, shuningdek, ulugʻvor his qilishi lozim.

Eslatib oʻtamiz, oxirlab borayotgan 2020-yil ranggi, tashkilot talqiniga koʻra, oʻzida xotirjamlik va ishonchni mujassam etgan klassik koʻk edi.

Maʼlumot oʻrnida, “Pantone” butun dunyo boʻylab dizaynerlar va reklama beruvchilar kelajakda oʻz ishlari uchun muvaffaqiyatli foydalanishi mumkin boʻlgan ranglarni ishlab chiqish hamda tadqiq qilish bilan shugʻullanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер