Barselona hayvonot bogʻidagi sherlarda koronavirus aniqlandi
Barselona hayvonot bogʻidagi toʻrtta sherda koronavirus aniqlangan. Bu ushbu turdagi hayvonlarda “Covid-19” bilan zararlanishning ikkinchi holati hisoblanadi. Aprelda Nyu-Yorkda ham sherlarda koronavirus aniqlangan edi.
“Rte”ning yozishicha, hayvonlarda koronavirusning yengil alomatlari paydo boʻlgandan keyin sherlar va hayvonot bogʻi xodimlaridan test olingan. Test natijalariga koʻra, toʻrtta sher va ikki nafar bogʻ xodimida virus aniqlangan.
Shundan soʻng Barselona veterinariya xizmati Nyu-Yorkdagi Bronks hayvonot bogʻidagi hamkasblari bilan bogʻlangan. Negaki, aprel oyida bu yerda toʻrtta yoʻlbars va uchta sherda “Covid-19” aniqlangan edi.
“Sherlarda kasallik yengil oʻtdi, ular muvaffaqiyatli davolandi”, deydi hayvonot bogʻi xodimi.
Maʼlum qilinishicha, arslonlar 16 yoshda, ular boshqa hayvonlar bilan aloqada boʻlmagan. Ayni paytda mutaxassislar yirtqichlarga kasallik qanday yuqqanini aniqlashmoqda.
Iyun oyida mushuklarda, keyinroq qorakoʻzanlarning koronavirus bilan zararlanish holatlari maʼlum boʻlgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring