All

Qashqadaryoda hokimlik binosida ham chiroq oʻchgani maʼlum qilindi

Ayni kunlarda ob-havoning qattiq sovib borayotganligi elektr energiyasiga boʻlgan talabni yana-da oshib ketishiga sabab boʻlmoqda. Ushbu masala yuzasidan Kitob tumani hokimi Alisher Zakirov munosabat bildirdi

00:32 06 Yanvar 2021
Oʻzbekistonning xorijdagi 40 ga yaqin davlat elchilari “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasida boʻldi

Mamlakatimizda yetishtirilgan meva-sabzavotlarni eksport qilish, mahsulotlar uchun yangi bozorlarni ochish dolzarb masalalardan biridir. Bu borada Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchixona va konsulliklari hissasi ham muhimdir. Ayni shu maqsadda Oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasiga Oʻzbekistonning xorij davlatlaridagi 40ga yaqin favqulodda va muxtor elchilari...

00:14 06 Yanvar 2021
Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash muassasalarida 7 mlrd soʻm talon-toroj qilingan

Samarqand viloyat sogʻliqni saqlash muassasalarida 7 mlrd soʻmlik talon-torojliklar aniqlandi

22:44 05 Yanvar 2021
“Covid-19”ning rivojlanishi va koʻpayishining oldini oladigan modda aniqlandi

Bir guruh nemis va shved olimlari giperxolesterinemiyani davolashda ishlatiladigan fluvastatin preparati koronavirusni rivojlanishi va koʻpayishining oldini olishi mumkinligini aniqladilar

22:28 05 Yanvar 2021
Rossiyada ish sharoitlari uchun yangi talablar joriy etildi

Rossiya Federatsiyasi isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish boʻyicha federal xizmati (Rospotrebnadzor) mamlakatda ish sharoitlari uchun yangi sanitariya talablarni tasdiqladi

22:06 05 Yanvar 2021
Yana bir davlat rahbari koronavirus bilan zararlangani maʼlum boʻldi

Londonda Yangi yil taʼtilini oilasi bilan oʻtkazayotgan Armaniston prezidenti Armen Sarkisyan koronavirus yuqtirib olgan.

21:59 05 Yanvar 2021
Jasur Umirov ishi sudga oshirildi

Xonanda Jasur Umirov Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkan boʻlishi mumkinligi boʻyicha ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi.

19:08 05 Yanvar 2021
Oʻzbekistonda Olimpiya qishlogʻi quriladi

Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev maʼlum qildi:

19:05 05 Yanvar 2021
Koronavirusning “Buyuk Britaniya” shtammini aniqlash uchun tezkor test yaratildi

Xitoyning “BGI Genomics” kompaniyasiga tegishli “Yinyuan Pharmaceutical Technology” zavodi koronavirus infeksiyasining “Buyuk Britaniya” turini aniqlash uchun tezkor test yaratdi.

18:40 05 Yanvar 2021
Yaqin 10 yil ichida umrni ikki baravar uzaytiruvchi dori yaratiladi

Ilm dunyosi inson umrini ikki baravar uzaytirishi mumkin boʻlgan dori yaratishga juda yaqin qoldi. Ushbu voqea yaqin oʻn yillikda sodir boʻladi.

18:38 05 Yanvar 2021
Shifoxonalarda yuritiladigan 408 ta hujjat 252 tagacha qisqartirildi

Sogʻliqni saqlash vazirining 2020-yil 31-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimidagi barcha davolash-profilaktika muassasalarida yuritiladigan tibbiy hisob hujjat shakllarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi tegishli buyrugʻiga asosan, tibbiy hisob hujjatlarini yuritishning yangi tartiblari tasdiqlandi

18:27 05 Yanvar 2021
Bir nechta viloyatlarda dronlar shousi boʻlib oʻtadi 

Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmat Atamuratov ishtirokida oʻtgan brifingda yangi yil bayrami munosabati bilan tashkillashtiriladigan dronlar shousi haqida maʼlumot berildi

18:22 05 Yanvar 2021
Oʻzbekistondan sovuq havo qachon chekina boshlaydi?

Soʻnggi kunlarda Oʻzbekistonda havo harorati keskin sovib ketdi. Xoʻsh, sovuq ob-havo qachon chekina boshlaydi? “Xalq soʻzi” nashri ushbu savol bilan «Oʻzgidromet»ga murojaat qildi.

17:56 05 Yanvar 2021
Nukusda 23 ta eski uylar buzilib, yangidan qurildi

Oʻtgan 2020-yil, yaʼni pandemiya davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida yordamga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarni uy-joy bilan taʼminlash masalasiga har qachongidan ham koʻproq eʼtibor qaratildi.  Ehtiyojmand oilalarning 23 ta eski uylari buzilib, yangidan qurildi, 60 ga yaqini taʼmirlandi va 70 tadan ortiq asosan...

17:37 05 Yanvar 2021
2021-yilning eng asosiy xatarlari eʼlon qilindi

“Eurasia Group” konsalting kompaniyasi eng asosiy xatarlar oʻntalik reytingini eʼlon qildi. Xabarga koʻra, 2021-yilda sayyoramiz ushbu tahdidlar bilan toʻqnashadi.

17:18 05 Yanvar 2021
Turkiyada oʻzbekistonlik qiz oʻzini oʻninchi qavatdan tashladi

Mamlakatimizning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi 2002-yil 21-mayda tugʻilgan Oʻzbekiston fuqarosi M.B.ning 2021-yil 2-yanvar kuni Izmir muzofoti (Turkiya Respublikasi) Karshiyaka tumanidagi turar-joy binosining oʻninchi qavatidan qulashi oqibatida vafot etganligi haqida OAVda tarqatilgan maʼlumotni tasdiqladi.

16:56 05 Yanvar 2021
Ertaga Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Gidrometeorologiya xizmati markazi 6-yanvar kuni Oʻzbekiston hududlarida qanday ob-havo kutilayotgani haqida maʼlumot berdi.

16:31 05 Yanvar 2021
Poytaxtda koʻpdan beri yopiq turgan yoʻlning ochilish ishlari boshlandi

IIV axborot xizmati maʼlum qilishicha, yoʻl harakati qatnashchilariga qulayliklar yaratish maqsadida Toshkent shahar, Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Parkent koʻchasidan Mustaqillik koʻchasiga oʻtish yoʻlini ochish hamda ushbu yoʻlda piyodalar va velosipedchilar harakati uchun alohida yoʻlaklar tashkil etish borasida samarali ishlar olib borilmoqda

12:18 05 Yanvar 2021
Toshkentda ochiq osmon ostidagi muz maydoni ochiladi

7-yanvar kuni Toshkent shahridagi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida ochiq muz maydoni ishga tushirilmoqda. “Ochiq osmon ostidagi shahar muz maydoni” loyihasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hamda “Art Uz Promotion Agency” tomonidan poytaxt hokimligi qoʻllab-quvvatlashi ostida oʻtkazilmoqda.

11:50 05 Yanvar 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер