Yaqin 10 yil ichida umrni ikki baravar uzaytiruvchi dori yaratiladi

18:38 05 Yanvar 2021 Dunyo
1056 0

Ilm dunyosi inson umrini ikki baravar uzaytirishi mumkin boʻlgan dori yaratishga juda yaqin qoldi. Ushbu voqea yaqin oʻn yillikda sodir boʻladi.

Bu haqda britaniyalik olim Endryu Stil maʼlum qildi.

Biologning soʻzlariga koʻra, yaqin kelajakda qarish jarayonini sekinlashtirish insoniyat uchun haqiqatga aylanadi. Ammo bu keksaygan insonlar organizmining yosh holatiga qaytishini anglatmaydi.

Stilning fikricha, olimlar organizmdagi yoshga bogʻliq oʻzgarishlar bilan bogʻlangan sogʻliq muammolarining oldini oladigan dori yaratishadi. Uning yordamida artrit, boʻgʻinlar ogʻrigʻi hamda suyaklar moʻrtligi yoʻqoladi. Tadqiqotchilar tez orada kasallikning asl sabablarini topib, samarali dori vositalarini yarata olishadi, bu esa oʻz navbatida, qarish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtiradi, natijada qarilik bilan bogʻliq xastaliklar faqat uzoq kelajakdagina namoyon boʻladi.

Taʼkidlanishicha, ayni paytda olimlar inson umrini uzaytirishi mumkin boʻlgan innovatsion ishlanmalarni sinovdan oʻtkazishmoqda. Agar ushbu yoʻnalishda muvaffaqiyat qozonilsa, Endryu Stilning aytishicha, dastlabki davrda artrit, yurak-qon tomir kasalliklari yoki saraton xastaligidan shikoyat qilmaydigan keksa odam bilan uchrashish gʻayrioddiy hodisaga aylanadi. Shu bilan birga, biologning qayd etishicha, 150 yoshli nafaqaxoʻrlar 20 yoshli oʻgʻil-qizlarga oʻxshamaydi. Tashqi koʻrinishdagi farqlar, albatta, mavjud boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер