“Covid-19”ning rivojlanishi va koʻpayishining oldini oladigan modda aniqlandi
Bir guruh nemis va shved olimlari giperxolesterinemiyani davolashda ishlatiladigan fluvastatin preparati koronavirusni rivojlanishi va koʻpayishining oldini olishi mumkinligini aniqladilar.
Tadqiqot xulosalari “MedRxiv” portalida eʼlon qilindi.
Tadqiqot davomida mutaxassislar fluvastatinning yuqtirilgan hujayralarga ijobiy taʼsir qilishini aniqlashgan. Yakunda ushbu modda “SARS-CoV-2”ning rivojlanishi va koʻpayishini oldini oladi, degan xulosaga kelishdi. Yaʼni, fluvasstatin terapiyasini olgan koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarda yaxshi klinik natijalar kuzatilgan.
Olimlarning taʼkidlashicha, tadqiqot natijalari shuni koʻrsatadiki, fluvastatin “Covid-19” bilan kasallanganlar uchun qoʻshimcha xavf tugʻdirmaydi hamda shuningdek, ularda kasallikning rivojlanishiga yoʻl qoʻymaydi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring