Nukusda 23 ta eski uylar buzilib, yangidan qurildi
Oʻtgan 2020-yil, yaʼni pandemiya davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasida yordamga muhtoj, kam taʼminlangan oilalarni uy-joy bilan taʼminlash masalasiga har qachongidan ham koʻproq eʼtibor qaratildi. Ehtiyojmand oilalarning 23 ta eski uylari buzilib, yangidan qurildi, 60 ga yaqini taʼmirlandi va 70 tadan ortiq asosan yordamga muhtoj ayollarga berilayotgan uylarning boshlangʻich badal pullari toʻlab berildi.

Nukus shahridagi 5 ta oilaning eski turarjoylari buzilib, yangi uy qurib berildi va 4 ta oilaning uylari taʼmirlandi.
Taxitosh tumanida 3 ta xonadon qayta qurildi, 3 tasi taʼmirlandi.
Boʻzatov tumanida 6 ta oilaning uylari qayta taʼmirlandi. Shuningdek, tuman markazidan 4 qavatli arzonlashtirilgan uylarning 10 xonadoni yordamga muhtoj ayollarga ajratilib, uylarning boshlangʻich badal toʻlovi Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan toʻlab berildi.
Nukus tumanida 10 nafar ehtiyojman oilalarga turarjoyning dastlabki toʻlovlari homiylar tomonidan toʻlab berilgan boʻlsa, 7 ta uy taʼmirlab berildi.
Beruniy tumanida 10 nafar xotin-qizlarga beriladigan uyjoyning dastlabki toʻlovi qoplab berilgan boʻlsa, bir fuqaroga yangi uy qurib berildi.
Toʻrtkoʻl tumanida ikki oilaga yangi turarjoy qurib berilgan va bir oilaning uyi taʼmirlangan. Qonilkoʻl tumanida 3 fuqaroning uyi yangidan qurildi, 11 oilaning xonadonlari taʼmirlandi.
Taxtakoʻpir tumanida 6 nafar oilaga yangi uyjoy qurib berildi, 8 nafar oilaning xonadonlari taʼmirlab berildi.
Moʻynoq tumanida 50 nafar fuqaroga arzonlashtirilgan koʻp qavatli uylarning boshlangʻich toʻlovlari toʻlab berilgan boʻlsa, 18 ta xonadonda taʼmirlash ishlari amalga oshirildi. Shuningdek, 5 nafar oilaga yangi uylar qurib berildi.
Bu kabi xayrli ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha tumanlarida amalga oshirildi.
Gʻ.Otajonov,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring