All

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti – president.uz yangi formatda ishga tushirildi

Yangi saytda “Prezident Administratsiyasi” boʻlimi ochilgan. Unda Prezident maslahatchilari, Prezident Administratsiyasining asosiy vazifalari, Prezident Administratsiyasining Ijro etuvchi apparati rahbariyati, Prezident va Administratsiya huzuridagi tashkilotlari toʻgʻrisida umumiy maʼlumotlar bilan tanishish mumkin.

22:25 01 Yanvar 2021
Havodagi koronavirusni aniqlaydigan sensor ishlab chiqildi

Italiyada havodagi SARS-CoV-2 virusi miqdorini aniqlaydigan va xabar beradigan biosensor ishlab chiqildi. Bu haqda Valensiya universitetlari assotsiatsiyasi saytida xabar qilindi.

22:23 01 Yanvar 2021
Bugundan boshlab xorijga faqat “qizil pasport” bilan chiqishi mumkin. “Yashil pasport” bilan endi xorijga chiqib boʻlmaydi

1-yanvardan Oʻzbekiston fuqarolari xorijga faqat “qizil pasport” bilan chiqishi mumkin. “Yashil pasport” bilan endi xorijga chiqib boʻlmaydi.

21:46 01 Yanvar 2021
Yangi yilning birinchi kuni Oʻzbekistonda qancha chaqaloq tugʻildi?

2021-yilning 1-yanvar kuni, soat 18:00 holatiga koʻra, mamlakatimizda 1086 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kuni tugʻilgan chaqaloqlarning 564 nafari oʻgʻil bola, 522 nafari esa qiz bola boʻlib, eng koʻp bola hozircha Samarqand viloyatida (148 nafar chaqaloq) dunyoga keldi

18:25 01 Yanvar 2021
O'zbekistonda 2021-yildagi ilk zilzila qayd etildi

Bugun Toshkent vaqti bilan 18:08 da O'zbekistonda zilzila sodir bo'ldi. Bu haqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

18:17 01 Yanvar 2021
Yangi oʻquv yilidan 10 ming nafar xorijlik talaba Oʻzbekiston OTMda taʼlim olishi rejalashtirilmoqda

Mamlakatimizda tibbiyot sohasi uchun 9 ta oliy taʼlim muassasasi va ularning 2 ta filialida malakali kadrlar tayyorlanmoqda.

18:01 01 Yanvar 2021
“Vaqf” fondi xayriya tadbiriga qorbobolarni jalb etgani rostmi?

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan yurtimizda istiqomat qilayotgan yordamga muhtoj oilalarga ulashilgan xayriya mahsulotlari oldida qorbobo surati tasvirlangan fotolavhalar turli izohlar bilan tarqatilmoqda

17:40 01 Yanvar 2021
Kun fotosi: Shuhratbek Abdurahmonov 31-dekabr kuni tugʻruqxonalarda boʻldi

Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov Andijon shahridagi qator tibbiyot muassasalarida boʻlib, davolanayotgan bemorlar hamda tugʻruq maskanlarida qoʻshaloq bayramni nishonlayotgan xotin-qizlarni Yangi yil bayrami bilan qutladi.

03:10 01 Yanvar 2021
Bayram oqshomida keksalar, bolalar qanday ovqatlanishi kerak? Homiladorlarchi?

SSV Matbuot xizmatining bir qator savollariga vazirlik huzuridagi Aholining sogʻlom turmush tarzini qoʻllab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirish markazi direktori Barno Odilova javob beradi:

02:48 01 Yanvar 2021
100 dan ortiq maktablarda “Xavfsiz maktab” tizimi joriy etildi

Umumtaʼlim maktablarida oʻquvchilar davomatini elektron hisobga olish tizimi loyihasi konsepsiyasini amalga oshirish doirasida Toshkentdagi 100 dan ortiq maktablarga “Xavfsiz maktab” loyihasi doirasida “Face ID – Yuzdan tanish” texnologiyalariga asoslangan elektron davomat tizimi joriy etilmoqda.

02:42 01 Yanvar 2021
COVID-19 bilan bogʻliq xavfni boshqarish boʻyicha yangi xalqaro qoʻllanma chop etildi

COVID-19 pandemiyasi dunyoda tubdan oʻzgartirdi. Xodimlarni himoya qilish boʻyicha har tomonlama, samarali ishlashni davom ettirish boʻyicha umumiy koʻrsatmalarni ishlab chiqish zarurligini anglagan holda, mehnat muhofazasi va xavfsizlik texnikasi boʻyicha ISO mutaxassislari qisqa vaqt ichida yangi qoʻllanma ishlab chiqishga kirishdilar.

02:38 01 Yanvar 2021
2020-yilda maktablarga yordam bergan TOP-10 vazirlik va idoralar eʼlon qilindi

Xalq taʼlimi vazirligi Davlatimiz rahbarining “Maktab taʼlimini rivojlantirish buyuk umummilliy maqsadga, umumxalq harakatiga aylantirish” gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlagan holda otaliqqa biriktirilgan umumtaʼlim maktablariga 2020-yil davomida moddiy va maʼnaviy koʻmak bergan TOP-10 vazirlik va idoralari nomini maʼlum qildi.

02:34 01 Yanvar 2021
Bir guruh oʻzbekistonliklar Sheremetyevo aeroportida qolib ketdi

Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishi rad etilganligi sababli bir guruh yurtdoshlarimizning Sheremetyevo aeroportining tranzit hududida boʻlib turgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqaldi.

02:30 01 Yanvar 2021
Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi vaksina bilan emlanganlar 1000 nafarga yaqinlashdi

Soʻnggi maʼlumotga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi ZF 2001 vaksinasining III faza sinovlari doirasida vaksina olgan fuqarolar soni jami 948 kishini tashkil etdi

02:21 01 Yanvar 2021
Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda davom etamiz — Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqiga tabrik yoʻlladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi.

00:05 01 Yanvar 2021
Siyosat, diniy nizolar, iqlim: 2020-yilni tarixga muhrlagan voqealar

2020-yilda dunyo ahli sogʻliqni saqlash sohasida misli koʻrilmagan inqirozni, bahsli saylovlarni va turli tabiiy ofatlarni boshdan kechirdi. “Xalq soʻzi” nashri 2020-yilni tarixga muhrlagan voqealarga nazar soldi.

00:01 01 Yanvar 2021
Abdurahmonov ishda, Mirzayev navbatchi — Hokimlar Yangi yilni qanday nishonlaydi?

Bugun 2020-yilning soʻnggi kuni, ertaga esa mamlakatimizga yangi 2021-yil kirib keladi. Bugun, 31-dekabr barcha xodimlar uchun ish kuni, Mehnat kodeksiga koʻra esa barcha xodimlar ishdan bir soat avval uyga ketishlari mumkin.

20:04 31 Dekabr 2020
Banklarda davlat ulushi qisqaradi

Eʼtiborli jihati shundaki, Oʻzbekistonni yaqin istiqbolda rivojlantirishning ustuvor jihatlari yangragan Murojaatnomaning aksariyat qismi iqtisodiyot sohalarini rivojlantirishga qaratildi. Bu albatta, hozirda jahonda kuzatilayotgan murakkab vaziyatda mamlakatimizni har jihatdan taraqqiy ettirishda oʻta dolzarb hisoblanadi. 

14:57 31 Dekabr 2020
Qashqadaryoda innovatsion loyihalar uchun 1 mlrd 800 mln soʻmlik ijtimoiy grant eʼlon qilindi

Viloyat hokimligi tomonidan ushbu ijtimoiy grantni eʼlon qilishdan koʻzlangan asosiy maqsad oliy taʼlim muassasalarida tayyorlanayotgan ilmiy ishlanma, ixtirolar va innovatsion loyihalarni yana-da qoʻllab-quvvatlash hamda yosh olimlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratishdan iboratdir. Bu loyiha viloyat hokimligi va vohadagi oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida...

14:51 31 Dekabr 2020
Isroilda vaksina olgan ikkinchi bemor vafot etdi

Isroilda koronavirusga qarshi vaksina olgan erkak bemor vafot etdi. Bu mamlakatda shu kabi qayd etilgan ikkinchi holatdir. 28-dekabr kuni keksa isroillik emlangandan soʻng hayotdan koʻz yumgandi. Keyinchalik yurak xuruji oʻlim sababi ekanligi maʼlum qilingandi.

14:27 31 Dekabr 2020

Yangiliklar taqvimi

Кластер