Bugundan boshlab xorijga faqat “qizil pasport” bilan chiqishi mumkin. “Yashil pasport” bilan endi xorijga chiqib boʻlmaydi
1-yanvardan Oʻzbekiston fuqarolari xorijga faqat “qizil pasport” bilan chiqishi mumkin. “Yashil pasport” bilan endi xorijga chiqib boʻlmaydi.
Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Axborot xizmati rahbarining maʼlum qilishicha, xorijga chiqish pasportlari 10 yil amal qiladi. 4-yanvardan fuqarolik pasporti oʻrniga ID-karta koʻrinishidagi shaxsni tasdiqlovchi hujjat berish boshlanadi. Biometrik pasportlarni ID-kartalarga almashtirish 2022-yil 31-dekabrgacha ixtiyoriylik asosida, 2023-yil 1-yanvardan 2030-yil 31-dekabrgacha majburiy tartibda amalga oshiriladi. Biometrik pasport 2031-yil 1-yanvardan boshlab haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring