Siyosat, diniy nizolar, iqlim: 2020-yilni tarixga muhrlagan voqealar
2020-yilda dunyo ahli sogʻliqni saqlash sohasida misli koʻrilmagan inqirozni, bahsli saylovlarni va turli tabiiy ofatlarni boshdan kechirdi. “Xalq soʻzi” nashri 2020-yilni tarixga muhrlagan voqealarga nazar soldi.
“Tojdor” virus

Bu yil juda koʻp yoʻqotish va qaygʻu yili boʻldi. Koronavirusga qarshi kurashish maqsadida “oʻzini oʻzi yakkalash” tartibi joriy etildi. Bu tartib odamlarni qatʼiyatlilik, qahramonlikka oʻrgatdi.
Butun dunyoni larzaga keltirgan sogʻliqni saqlash inqiroziga sabab boʻlgan koronavirus yil boshida Xitoyda rasman qayd etilgan edi.
Duyoni larzaga solgan bu dard bilan hozirda 83 millionga yaqin bemor kurashmoqda, vafot etganlar esa qariyb 2 million kishini tashkil etmoqda.
Siyosat

Prezident Donald Tramp oʻz lavozimining soʻnggi yilini impichment boʻyicha sud jarayoni ostida boshladi, AQSH tarixida bunday voqea uchinchi marta sodir boʻldi.
Tramp Ukrainaning rasmiylarini oʻsha paytdagi prezidentlikka nomzod, vitse-prezident Jo Baydenga qarshi saylovlarda aralashuvini taʼminlash uchun majburlashga urinishda, vakolatini suisteʼmol qilish va odil sudlovga toʻsqinlik qilishda ayblangan.
Bayden va Tramp birinchi marta 29 sentabr kuni boʻlib oʻtgan birinchi prezidentlik bahsida yuzma-yuz kelishdi.
Kaliforniyaning 55 nafar saylovchilari Baydenni qoʻlladi. Natijada Jo Bayden 302 nafar ovoz bilan gʻalaba qozondi. Donald Tramp esa 232 nafar ovoz oldi.
7-noyabrda esa Jo Bayden rasman oʻz gʻalabasini eʼlon qildi.
Diniy nizo

16 oktabr kuni Parij yaqinidagi Konflans-Sen-Onorin shahrida 18 yoshli chechen kollej oʻqituvchisi Semyuil Patini soʻz erkinligi darslarida Charliye Hebdo jurnalidagi Muhammad paygʻambarning karikaturalarini koʻrsatgani uchun pistirmada oʻldirgan va boshini kesib tashlagan. Anzorov hibsga olinayotgan vaqtda otib oʻldirilgan. Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron voqeani terakt deb atagan edi.
Iqlim

Yuqori harorat, kuchli shamol va kam yogʻingarchilik bahor va yoz oylarida AQSH gʻarbiy sohilidagi oʻrmon yongʻinlarining kuchayishiga sabab boʻlgan.
Kaliforniya oʻrmon va yongʻindan himoya qilish departamenti maʼlumotlariga koʻra, yanvar va noyabr oylarida Kaliforniyada 4,1 million gektardan ortiq maydon yonib ketgan, 10 000 dan ortiq inshootlarga zarar yetgan va 31 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan 9639 ta yongʻin qayd etilgan. Avgust kompleksidagi yongʻin shtat tarixidagi eng yirik yongʻin boʻlib, million gektardan ortiq maydon yonib ketgan va tutun muammosi tufayli minglab odamlar uylaridan koʻchishga majbur boʻldi.
Yongʻin oʻchiruvchilar Gʻarbiy qirgʻoqdagi yongʻin bilan kurashayotganda, Sharqiy sohilda yashovchilar xavfli boʻronlardan aziyat chekishdi.
Milliy Okean va atmosfera maʼmuriyatining maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilgi boʻronli mavsumida 30 ta rekord darajadagi tropik boʻronlar roʻy bergan.
Oʻnlab boʻronlar quruqlikda sodir boʻldi, shulardan beshtasi Luiziana shtatida qayd etildi.
“Laura” dovuli mamlakatga zarba bergan eng dahshatli boʻronlardan biri boʻldi. Yuz minglab uy xoʻjaliklarida elektr quvvati uzildi, koʻplab mahallalarni suv bosdi va uylar vayron boʻldi. Boʻron tufayli 39 kishi halok boʻldi.
Maʼlumotlarga koʻra, Avstraliyada davomli oʻrmon yongʻinlari natijasida bir milliarddan ortiq jonivor halok boʻldi. Birgina Yangi Janubiy Uels shtatidagi yongʻin natijasida 800 milliondan ortiq jonivor nobud boʻldi. Yongʻin natijasida 24 kishi vafot etgan.
Bu yil Turkiyada ham bir necha marta kuchli zilzila sodir boʻldi. Zilzilalar oqibatida koʻplab inshootlar zarar koʻrdi, 100 dan ortiq odam halok boʻldi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring