Jasur Umirov ishi sudga oshirildi
Xonanda Jasur Umirov Samarqand viloyati Kattaqoʻrgʻon tumanida voyaga yetmagan qizning nomusiga tekkan boʻlishi mumkinligi boʻyicha ochilgan jinoyat ishi sudga oshirildi.
Jasur Umirov 21-dekabrda qoʻlga olingan edi. Unga shaxsning 18 yoshga toʻlmaganini bila turib nomusga tegish aybi qoʻyilmoqda. Ayblov isbotlansa, sudlanuvchi 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Voqea shu yilning iyun oyida roʻy bergan. Umirov qiz bilan uning dugonasi orqali tanishgani, qizlarni uyga chaqirib, spirtli ichimlik ichishgani aytilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring