All

Mahallabay ishlash tizimining mohiyati nimada? Uning amaliy samaralari qanday? — Vazir shu bilan bogʻliq dolzarb savollarga batafsil javob qaytardi

Mahallabay ishlash tizimi murakkab jarayon boʻlishiga qaramasdan, unda har bir insonning dardini tinglash, uning qismatini tubdan oʻzgartirish, jamiyat taraqqiyotini iqtisodiy oʻsishlar bilangina emas, balki aholining oʻz hayotidan mamnunligi bilan oʻlchash kabi mezonlar mavjud.

10:33 02 Mart 2021
Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi elchisi koronavirusga qarshi vaksina bilan emlandi

1-mart kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov Qozogʻistonning Oʻzbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Darxan Satibaldini qabul qildi. Tomonlar Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada hamkorlikni kuchaytirish masalasini muhokama qildilar.

10:14 02 Mart 2021
Bugun Toshkentda ayrim koʻchalar yopiladi

Xabar berganimizdek, “Yoshlar bilan 100 kun!” loyihasi, “Qadriyat, urf-odat, anʼana, mahalla va yoshlar” aksiyasi doirasida joriy yilning 2-mart kuni soat 16:00 da 144-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabidan “Eko house” turar-joy majmuasi sobiq (YHXB binosi) gacha “Sogʻlom hayot sari” yugurish marafoni...

09:22 02 Mart 2021
Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni yana birdan koʻpaya boshladi — JSST

Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi. Uning taʼkidlashicha, yangi holatlarning ortishi oltita mintaqaning toʻrttasida kuzatilgan.

23:29 01 Mart 2021
Sirdaryo viloyatida amalga oshiriladigan loyihalar koʻrib chiqildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-mart kuni Sirdaryo viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

21:23 01 Mart 2021
Karate bo‘yicha yosh chempionlar aniqlanmoqda

Joriy yilning 1-3 mart kunlari Poytaxtimizning “Universal” sport saroyida karate bo‘yicha bolalar va qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

21:17 01 Mart 2021
Oʻzbekistonda koronavirusga qarshi ilk vaksina davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co. Ltd kompaniyasi koronavirusga qarshi vaksinani yaratishda Oʻzbekistonning hissasi va saʼy-harakatlarini inobatga olib, ZF 2001 vaksinani birga yaratgan hammuallif mamlakat sifatida belgiladi. Ushbu yangi vaksinani ZF-UZ-VAC 2001 nomi bilan birgalikda ishlab chiqarish va foydalanilishga kelishilgani bildirildi.

20:20 01 Mart 2021
Toʻraqoʻrgʻon tumanida “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida ajratilgan mablagʻlar talon-toroj qilindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toʻraqoʻrgʻon tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “K.D." MCHJ rahbari M.U. “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida AT “Xalq banki” Toʻraqoʻrgʻon filialidan turli fuqarolar nomiga “tikuvchilik dastgohlari sotib olish uchun” jami 155,2 mln soʻm kredit...

19:57 01 Mart 2021
Beshta OTMda yangi yoʻnalishlar tashkil etiladi

“Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

19:15 01 Mart 2021
JSST dunyo aholisining qanchasida koronavirusga qarshi antitanachalar borligini maʼlum qildi

Dunyo aholisining 10 foizidan kamrogʻida koronavirus infeksiyasiga qarshi antitanachalar mavjud.

18:58 01 Mart 2021
Ukrainada ilk marta robot operatsiyada ishtirok etdi

Ukrainaning Lvov shahridagi kasalxonada birinchi marta “Da Vinci” ismli robotdan foydalangan holda 13 yoshli qizchada ichak operatsiyasi oʻtkazildi. Bu haqda Korrespondet.net nashri xabar bermoqda.

18:54 01 Mart 2021
Yurak shifokori

2020-yilning 17-iyuli. Ergashev nomidagi 4-sonli shahar klinik shifoxonasi. Kardiologiya boʻlimidagi kasallarning aksari ogʻir ahvolda. Ularga ikki tomonlama zotiljam tashxisi qoʻyilgan. Virusli pnevmoniya bemorlarning oʻpkasini zararlagan. Hammaga havo kerak, “kislorod” uskunasi esa yetishmaydi. Aslida bunday kasallar maxsus shifoxonalarda yoki Terapiya boʻlimida...

18:40 01 Mart 2021
Fransiyaning sobiq prezidenti uch yilga ozodlikdan mahrum etildi

Sud Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiya ishi boʻyicha uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.

18:35 01 Mart 2021
Men xato oʻylayotgan boʻlsam vazir va butun vazirlik tizimidan, oʻqituvchilarimizdan uzr soʻrayman — deputat vazirga javob qaytardi

Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev xalq taʼlimi vaziri Sherzod Shermatovning maktab direktorlarini oʻquvchilari OTMga kira olmaganligi uchun vazifasidan ozod etilishi haqidagi fikrlariga munosabatini bildirdi.

18:29 01 Mart 2021
15 ming dollar evaziga “Narxoz”ga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga qilingan murojaat asosida oʻqishga kiritib qoʻyish evaziga 15000 AQSH dollari olmoqchi boʻlgan shaxs qoʻlga olindi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabar berdi.

18:00 01 Mart 2021
Toshkentda Yaponiyaning IT maktablari ochiladi

Bugun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev yaponiyalik bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

17:50 01 Mart 2021
Ispaniyalik nafaqaxoʻr ofitsiantga 1,5 million yevro meros qoldirdi

Valyadolid sudi keksa ayol ofitsiantga qoldirgan 1,5 million yevrolik meros ishi bilan shugʻullanmoqda. Bu haqda unian.net nashri xabar bermoqda.

17:44 01 Mart 2021
230 mingdan ziyod aliment oluvchilarning plastik kartochkalari tayyorlanib, oʻz egalariga yetkaziladi

— 2021-yil 1-martdan boshlab aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi yoʻlga qoʻyiladi, aliment majburiyatlari boʻyicha alohida bank hisob-varagʻi bilan integratsiya qilinadi.

17:19 01 Mart 2021
Sardoba suv omborini kim qayta quradi? Oldin qurganlarmi yoki tender oʻtkaziladimi?

Qurilish vazirligida Sardoba suv omborini tiklash ishlari boʻyicha matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda Qurilish vaziri Botir Zokirov, Suv xoʻjaligi vaziri Shavkat Hamroyevlar ishtirok etdi.

17:16 01 Mart 2021
“Oʻzbekiston madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi stipendiyasi” joriy etiladi

Yaqinda Oʻzbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasida Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi hamda mazkur sohaga aloqador vazirliklar, jamoat tashkilotlari hamda ijodiy uyushmalar oʻrtasida Tarmoq kelishuvlarini imzolashga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi.

17:08 01 Mart 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер