All

“Covid-19”ni davolashda foydasidan zarari koʻp» — JSST gidroksixloroxin borasida yana bir jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi

Gidroksixloroxin preparati koronavirusni davolovchi vositasi sifatida ishlatilmasligi kerak. Xuddi shunday bayonot bilan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari chiqishdi.

15:09 02 Mart 2021
Oyoq bilan qurt tayyorlagan shaxs samarqandlik ayol ekanligi maʼlum boʻldi

Yaqinda ijtimoiy tarmoqlarda suzmani oyoqda qorib qurt tayyorlayotgan qurtchi videosi tarqaldi va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari orasida qizgʻin muhokama qilindi.

14:18 02 Mart 2021
Fargʻona viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining buyrugʻiga asosan, Namangan viloyati prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan Ismoilov Baxtiyor Ahmadjonovich Fargʻona viloyati prokurori etib tayinlandi.

13:53 02 Mart 2021
Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari eng koʻp oʻrganayotgan xorijiy tillarning TOP 8 taligi eʼlon qilindi

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-2021-oʻquv yili boshiga oʻquvchilarni oʻqitiladigan tillar boʻyicha taqsimlanishi:

13:35 02 Mart 2021
Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari orasida oʻgʻil bolalar soni koʻproq – Statqoʻm

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-2021-oʻquv yili boshiga respublikamizdagi umumtaʼlim muassasalarida jami 6 287,9 ming nafar oʻquvchilar taʼlim olmoqda.

13:24 02 Mart 2021
«Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev “Bunyodkor” futbol klubi prezidenti lavozimiga tayinlandi

“Bunyodkor” futbol klubi Kuzatuv kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda klub moddiy-texnik bazasini yana-da mustahkamlash, musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini taʼminlash va boshqa bir qator tashkiliy masalalar muhokama qilindi.

12:56 02 Mart 2021
Askarlarga ilk marotaba harbiy guvohnoma bilan birga imtiyozli kredit olish sertifikati ham topshirildi

Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi hamda Navoiy viloyati harbiy maʼmuriy sektorining tashabbusi bilan Navoiy viloyatidagi Safarbarlik chaqiruv rezervi yigʻiniga jalb etiluvchi yoshlar uchun yana bir keng koʻlamdagi imkoniyatlar eshigi ochildi.

12:52 02 Mart 2021
Ertaga Oʻzbekistonning ayrim hududlarida yomgʻir yogʻadi

“Oʻzgidromet” 3-mart, chorshanba kungi ob-havo maʼlumotini maʼlum qildi.

12:42 02 Mart 2021
Hukumat tomonidan mahalliy turistik yigʻim miqdori tasdiqlandi 

Maʼlumot uchun: “Fargʻona vodiysidan qadimiy Xiva shahriga sayohat” turpaketini 5 kishidan iborat bir oila 6,6 mln soʻmga (avia va mehmonxona xizmati) xarid qilganda turoperatorlar tomonidan davlat subsidiyasi hisobiga fuqarolarimizga 2 mln soʻm chegirmalar berilib, 4,6 mln soʻmni tashkil etadi. Bunda,...

12:39 02 Mart 2021
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida sud-huquq masalalari boʻyicha ommaviy qabullar oʻtkaziladi

Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali yechim topish uchun yana-da qulay sharoit yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qoʻmitasi rahbar xodimlari ishtirokida joylarda...

11:25 02 Mart 2021
Auditorlik xizmati yangi bosqichga koʻtarilmoqda

Yaqinda Prezidentimiz tomonidan “Auditorlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonun imzolandi. Bu qonun bilan auditorlik xizmati koʻrsatishning yangicha tartib va tamoyillari belgilandi. Eng muhimi, Qonuning 5-moddasida auditor taxminlarga asoslanib fikr bildirishdan holi boʻlishi va oʻzining obroʻsini tushiradigan faktlarga yoʻl qoʻymasligi, auditorlik tashkiloti mustaqilligiga...

11:19 02 Mart 2021
Buxorolik maktab bitiruvchisi AQSHning toʻrtta universiteti talabasiga aylandi

“Bilimli mingni yiqar” deb bejiz aytishmagan. Buxoro shahridagi 25-umumtaʼlim maktabi 11-sinf oʻquvchisi Akbarali Sodiqov hali maktab partasida turiboq talabalik baxtiga muyassar boʻldi.

11:15 02 Mart 2021
Chet elga chiqishga “taqiq” borligini qanday tekshirish mumkin?

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi axborot xizmati xabariga koʻra, pandemiya davrida chet elga chiqishda sanitar-gigiyenik talablar bilan birga hech qanday qarzdorlik majburiyati boʻlmasligi lozim

11:13 02 Mart 2021
Oʻlda-joʻlda qilingan qurilish ishlari. Yoxud Termiz hayvonot bogʻi qachon muammolardan xoli boʻladi?

Davlat rahbarining Surxondaryo viloyatidagi ijtimoiy inshootlarning yoʻl-transport, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish, hudud infratuzilmasini yanada yaxshilash, bu borada yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha bergan aniq topshiriqlari Termiz hayvonot bogʻi faoliyatini ham yaxshilash uchun katta turki berib, u tubdan qayta quriladigan boʻldi.

11:10 02 Mart 2021
AI-80 markali avtomobil benzinining narxi koʻtarilishda davom etmoqda

Oʻtgan hafta davomida, yaʼni 22 – 28-fevral kunlari “Oʻzbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” savdolariga 31 342,0 tonna AI-80 markali avtomobil benzini qoʻyildi va ulardan 10 468,9 tonnasi, yaʼni 33,4% sotildi. Oʻtkazilgan savdolarda har kuni oʻrtacha 25 xaridor ishtirok etdi

11:09 02 Mart 2021
Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar 2,5 million nafardan oshdi

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 113 million 820 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 527 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 347 981 yangi holati aniqlandi,...

11:06 02 Mart 2021
Obuna uchun oʻtkazilgan pullarni “tuya qilgan” MCHJ rahbarlariga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi “J” MCHJ rahbari jamiyat hisob-raqamiga davriy nashrlarga obuna boʻlish uchun oʻtkazilgan 622,9 mln soʻmni tahririyatlarga oʻtkazmasdan, rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi, Jizzax viloyatida esa “G.M.», “Ye.E.”...

10:56 02 Mart 2021
Toshkent shahrida 4 000 AQSH dollari evaziga Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritib qoʻymoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan Toshkent shahar IIBB va Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.Q. fuqaro D.ga qalbaki xizmat guvohnoma koʻrsatib, Milliy gvardiya tizimiga tanishlari orqali ishga kiritib qoʻyishga ishontirib, evaziga 4000 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli...

10:54 02 Mart 2021
Kun fotosi: Buxoro viloyati hokimi ham konteynerga koʻchib oʻtdi

Ayni paytda mazkur vagon — shtab Olot tumani “Davlatboy” mahallasida joylashtirilgan. Botir Zaripov shu yerda yashab, olotliklarning muammolarini oʻrganmoqda. Ularni hal etish choralarini koʻrmoqda. Bu haqda Buxoro viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

10:50 02 Mart 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер