Dunyoda koronavirusdan vafot etganlar 2,5 million nafardan oshdi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 113 million 820 mingdan ortiqni tashkil etmoqda, shundan 2 million 527 mingdan ziyod kishi vafot etgan. Oxirgi sutka davomida dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning 347 981 yangi holati aniqlandi, 7 238 nafar bemor vafot etdi.
Jons Xopkins universitetining hozirgi (02.03.2021-yil Toshkent vaqti bilan soat 06:23 holati) maʼlumotlariga koʻra, dunyoda kasallikni 114 million 417 mingdan ortiq odam yuqtirgan, ulardan 2 million 537 mingdan ortigʻi vafot etgan.
Kasallik tasdiqlangan holatlar boʻyicha AQSH birinchi oʻrinda turibdi, u yerda JSST maʼlumotlariga koʻra 28,244 milliondan ortiq koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar aniqlangan. Ikkinchi oʻrinda Hindiston (11,112 milliondan ortiq), uchinchi oʻrinda Braziliya (10,517 milliondan ortiq), toʻrtinchi oʻrinda Rossiya (4,257 milliondan ortiq), beshinchi oʻrinda esa Buyuk Britaniya (4,176 milliondan ortiq).
JSST maʼlumotlariga koʻra, bir sutka davomida AQSHda 69 613, Hindistonda 15 510, Braziliyada 61 602, Rossiyada 11 571, Buyuk Britaniyada esa 6 035 nafar yangi kasallanish holati aniqlangan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring