“Covid-19”ni davolashda foydasidan zarari koʻp» — JSST gidroksixloroxin borasida yana bir jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi
Gidroksixloroxin preparati koronavirusni davolovchi vositasi sifatida ishlatilmasligi kerak. Xuddi shunday bayonot bilan Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari chiqishdi.
“Covid-19” boʻlmagan odamlarda infeksiyani oldini olish uchun yalligʻlanishga qarshi gidroksixloroxin preparatidan foydalanmaslik kerak», deyiladi bayonotda.
Taʼkidlanishicha, ushbu preparatni samaradorligini aniqlash maqsadida JSST oltita tadqiqot oʻtkazgan va ularda olti mingdan ortiq odamni jalb etilgan.
Olingan dalillarga koʻra, gidroksixloroxin oʻlim va kasalxonaga yotqizilish koʻrsatkichlarini pasaytirmagan va aksincha zararli taʼsir xavfini oshirishi mumkin.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring