Ukrainada ilk marta robot operatsiyada ishtirok etdi
Ukrainaning Lvov shahridagi kasalxonada birinchi marta “Da Vinci” ismli robotdan foydalangan holda 13 yoshli qizchada ichak operatsiyasi oʻtkazildi. Bu haqda Korrespondet.net nashri xabar bermoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, 13 yoshli bemor ichak patalogiyasi bilan tugʻilgan.
Bundan avval amalga oshirilgan 3 ta operatsiya bemorning holatiga ijobiy taʼsir etmagan. Bemorning ota-onasi robot haqida xabar topishdi va klinikaga murojaat qilishdi.
Klinikada robot ishtirokida ichakda har biri sakkiz millimetr kattalikdagi uchta jarrohlik amaliyotini amalga oshirishdi.
Operatsiya deyarli uch soat davom etgan. Robot bilan birgalikda amalga oshirilgan jarrohlik amaliyoti muvaffaqiyatli yakunlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring