Toshkentda Yaponiyaning IT maktablari ochiladi

17:50 01 Mart 2021 Iqtisodiyot
1245 0

Bugun Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev yaponiyalik bir guruh tadbirkorlar bilan uchrashdi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, uchrashuvda Yaponiyaning “DʼS Grace FE LLC” kompaniyasi direktori Daysuke Nakamura Toshkentda kunchiqar mamlakatning IT akademiyasi ish boshlaganini bildirib, unda ehtiyojmand oilalar farzandlari bepul taʼlim olishlari mumkinligini aytib oʻtgan. 

«Yaponiyaning Beeanz korporatsiyasi ham xuddi shu yoʻnalishda faoliyat olib boradi, hozirgacha ular Zarafshon shahri va Yangiyoʻl tumanida IT maktablarni ishga tushirdilar. Korporatsiyaning maqsadi Toshkentda ham shunday maktablarni koʻpaytirishdir. Toshkent shahar hokimi bu takliflarni qoʻllab-quvvatlab, yosh avlodning zamonaviy texnologiyalar asosidagi taʼlimi uchun poytaxtda zarur sharoitlarni yaratishga tayyorligini aytdi.

Noritsuisu kompaniyasi mutasaddilari esa tadbirkorlar oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish, Yaponiyaning Yosh tadbirkorlar palatasi bilan hamkorlikda forum tashkil qilish muhimligini taʼkidladi. Shu bilan birga ofis stullarini ishlab chiqarish kompaniyaning asosiy yoʻnalishlaridan biri ekanligini qayd etib, Toshkentda mazkur yoʻnalishda qoʻshma korxonani ochish, xavfsizlik sohasida ahamiyatli boʻlgan ID kartalarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish taklifini bildirdi», deyiladi xabarda.

Shuningdek, uchrashuvda kosmetika va media yoʻnalishdagi tadbirkorlar ham ishtirok etib, oʻz yoʻnalishi boʻyicha birgalikda ishlash yuzasidan takliflarni aytib oʻtgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер