Dunyoda koronavirus yuqtirganlar soni yana birdan koʻpaya boshladi — JSST

23:29 01 Mart 2021 Dunyo
1027 0

Foto: РИА Новости

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) yetti hafta ichida birinchi marta “Covid-19” bilan kasallanish holatlari koʻpayganini qayd etdi. 

Bu haqda tashkilot bosh direktori Tedros Gebreyesus aytib oʻtdi. Uning taʼkidlashicha, yangi holatlarning ortishi oltita mintaqaning toʻrttasida kuzatilgan.

“Yetti hafta ichida birinchi marta yana kasallikni yuqtirganlar soni koʻpayishini koʻrmoqdamiz”, deydi tashkilot rahbari.

JSST maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi bir sutkada dunyoda 384 956 ta yangi yuqtirish holati qayd etilgan. Shu tariqa pandemiya boshlanganidan buyon ushbu virus bilan zararlanganlar soni 113 467 303 kishiga yetdi. 2 520 550 kishi esa virus asoratlari tufayli hayotdan koʻz yumdi. Infeksiyani eng koʻp yuqtirish holatlari Amerika va (50,5 milliondan ortiq) va Yevropada (38,7 milliondan ortiq) qayd etilgan .

Avvalroq JSST pandemiyaning ikkinchi toʻlqini hali tugamaganligini maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер