Fransiyaning sobiq prezidenti uch yilga ozodlikdan mahrum etildi
Sud Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkozini korrupsiya ishi boʻyicha uch yilga ozodlikdan mahrum qildi.
Ushbu muddatni ikki yili shartli hisoblanadi va Sarkozi bir yilni qamoqda oʻtkazadi. Shu tariqa Nikolya Sarkozi haqiqiy muddat olgan Fransiyaning birinchi sobiq rahbari boʻldi.
Nikolya Sarkozi Fransiyaning 23-prezidenti hisoblanadi va u 2007 — 2012-yillarda mamlakatni boshqargan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring