Ispaniyalik nafaqaxoʻr ofitsiantga 1,5 million yevro meros qoldirdi

17:44 01 Mart 2021 Dunyo
1358 0

Valyadolid sudi keksa ayol ofitsiantga qoldirgan 1,5 million yevrolik meros ishi bilan shugʻullanmoqda. Bu haqda unian.net nashri xabar bermoqda.

95 yoshli ayol qariyalar uyiga koʻchishdan bir necha kun oldin oʻz vasiyatini oʻzgartirgan. U merosni jiyaniga emas, ofitsiantga qoldirishga qaror qilgan. Bunga sabab ofitsiant qariyaga yaxshi muomalada boʻlgani va unga mazali ovqatlar tayyorlab bergani aytilmoqda.

Keksa ayolning jiyani esa ofitsiantni keksa ayolning boyligini oʻzlashtirish uchun undan foydalanganlikda ayblab sudga murojaat qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер