All

Oʻzbekistonda 40 nafardan ziyod bogʻcha tarbiyalanuvchilarida koronavirus aniqlandi

36 nafar bogʻcha tarbiyachisi va 42 nafar tarbiyalanuvchi koronavirus yuqtirib oldi, 11ta MTM onlayn rejimda ishlamoqda. Bu haqda Maktabgacha taʼlim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxoʻjayeva AOKAda oʻtkazilgan brifingda maʼlum qildi.

17:54 26 Aprel 2021
55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida Oʻzbekistondan 7 nafar oʻquvchi qatnashib, barchasi gʻoliblar qatoridan oʻrin egalladi

55-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasida buxorolik Firdavs Sobirov oltin medalni qoʻlga kiritdi

17:46 26 Aprel 2021
Toshkent mexanika zavodida yongʻin chiqdi

Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yongʻin-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Oqibatda 60 kvadrat metrga zarar yetgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yongʻin bir necha daqiqalarda bartaraf etilgan.

17:39 26 Aprel 2021
Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi tashkil etildi. DTS uchun toʻlov qilinadimi?

Sirdaryoda davlat tibbiy sugʻurtasi tizimi joriy etilmoqda. Tashkil etilgan Davlat tibbiy sugʻurtasi jamgʻarmasi mazkur viloyat sogʻliqni saqlash tizimida 2021-yilning 1-iyulidan 2022-yilning oxiriga qadar tajriba-sinov loyihasi doirasida sogʻliqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va yangi moliyaviy mexanizmlarni aprobatsiyadan oʻtkaziladi.

16:57 26 Aprel 2021
Oʻzbekistonda “tez yordam”ning bitta chaqirigʻiga oʻrtacha necha pul sarflanishi maʼlum qilindi

Soʻnggi toʻrt yilda mamlakatimizda “tez tibbiy yordam” tizimida bitta chaqiriqqa dori-darmon uchun ajratilayotgan mablagʻ 10 barobardan ziyodga oshib, 2021-yilning birinchi choragida oʻrtacha 6 ming 500 soʻmni tashkil qilmoqda deya xabar berdi SSV.

16:51 26 Aprel 2021
Samarqand davlat chet tillar institutining akademik litseyi ham masofaviy taʼlimga oʻtdi

Bu haqda Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot xizmati maʼlum qildi.

16:41 26 Aprel 2021
Oʻzbekiston boksi tarixida ilk marotaba jahon chempioni boʻlgan Nigina Oʻktamovaga “Nexia 3” avtomobili sovgʻa qilindi

23-aprel kuni Polsha mezbonlik qilgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida -54 kg vaznli bokschi qizimiz Nigina Oʻktamova barcha raqibalarini magʻlubiyatga uchratgan holda, oltin medalga sazovor boʻldi va oʻzbek boksi tarixida birinchi jahon chempioni unvoniga sazovor boʻldi. Bu haqda Oʻzbekiston boks federatsiyasi...

16:32 26 Aprel 2021
“Yiliga 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasi yoʻqotilmaydigan boʻldi” – Prezident matbuot kotibi ASKUE tizimi haqida

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 26-aprel, dushanba kuni oʻtkazilgan brifingda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning afzalligi haqida soʻz yuritdi.

16:27 26 Aprel 2021
Avstriya kompaniyasi Namanganda kardiologiya sohasidagi yirik ijtimoiy loyihani amalga oshiradi

Bu haqdagi kelishuvga Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov Avstriya davlatining AME International GmbH (AME) kompaniyasi direktori Xayns Messinjer boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan chogʻda erishildi.

16:23 26 Aprel 2021
Navoiyda respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi

Joriy yilning 22-24-aprel kunlari Navoiy kon-metallurgiya kombinati hududida metallurgiya, energetika, kimyo sanoati va qurilish materiallari sohasi korxonalari ishtirokida “Respublika tarmoqlararo kooperatsiya sanoat yarmarkasi” oʻtkazildi.

15:54 26 Aprel 2021
Andijon va Surxondaryoda aholi ustiga suv sepib, dezinfeksiya ishlari amalga oshirilgani aytildi

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda yongʻin oʻchirish mashinalari tomonidan suv sepilayotgan jarayonlar aks etgan videolar keng tarqaldi. Holatga Favqulodda vaziyatlar vazirligi munosabat bildirdi.

15:43 26 Aprel 2021
“7 PIR” mobil ilovasi beshta tilda ishga tushirildi

Bugungi kunda turizm faoliyatini ilgʻor axborot texnologiyalari va telekommunikatsion tizimlar orqali amalga oshirishda raqamli turizmdan keng foydalanilmoqda. Buxoroning yetti pir, ularning ziyoratgohlari tarixini oʻz ichiga olgan “7 PIR” mobil ilovasi ham ziyoratchi va sayyohlar uchur maxsus yaratilgan dasturdir.

15:27 26 Aprel 2021
Oʻzbekistonda qancha ayol va erkak pensiya olishi ochiqlandi 

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining hududiy tuman (shahar) boʻlimlarida hisobga olingan pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 2021-yil 1-aprel holatiga 3 877,2 ming nafarni shundan, 2 202,5 ming nafari (56,8 %)ni ayollar tashkil qildi.

15:17 26 Aprel 2021
Bir turdagi vaksinani olgan bemor keyingi bosqichlarda boshqa vaksinani olishi mumkinmi?

Ushbu savoliga SSV qoshidagi Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

15:14 26 Aprel 2021
Oʻzbekistonda kim qancha pensiya oladi? Pensiya jamgʻarmasi maʼlumot berdi

Pensiya jamgʻarmasi pensiya va nafaqalarning miqlori haqida maʼlumot berdi. Unga koʻra:

14:54 26 Aprel 2021
Fargʻona davlat universiteti karantinga yopildi

Fargʻona davlat universitetining 2021-yil 26-aprel kungi Kengash yigʻilishi qaroriga muvofiq, infeksiya yuqtirib olish va virus tarqalishi xavfini oldini olish maqsadida 26-aprel sanasidan universitetda 14 kunlik karantin joriy etildi deya yozmoqda OʻzA.

14:27 26 Aprel 2021
YEXHTning Oʻzbekistondagi koordinatori, elchi Jon MakGregor oʻz missiyasini yakunlamoqda

Oʻzbekiston Prezidenti Administratsiyasi rahbarining oʻrinbosari Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʻzbekistondagi loyihalari koordinatori, elchi Jon MakGregor bilan uchrashuv oʻtkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” axborot agentligi.

14:21 26 Aprel 2021
Koronavirusning «afrikancha» shtammi uning oldingi turlaridan nimasi bilan farq qiladi?

Ushbu savoliga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi:

14:02 26 Aprel 2021
Ilk bora tashkil etilgan “Botir Zokirov sanʼati davomchilari” tanlovi gʻoliblari taqdirlandi (fotojamlanma)

Hanuzgacha oʻzbek bulbuli deya taʼriflanuvchi Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirovning ijodiy merosini aholi, ayniqsa, yosh avlodga keng targʻib etish, vatanga muhabbat va sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining tashabbusi bilan buyuk sanʼatkor, bugungi kunda...

13:37 26 Aprel 2021
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga yangi rahbar tayinlandi

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi boshligʻi lavozimiga — Umarov Xayrulla Saydullayevich tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.

12:48 26 Aprel 2021

Yangiliklar taqvimi

Кластер