“Yiliga 2-3 milliard kilovatt soat elektr energiyasi yoʻqotilmaydigan boʻldi” – Prezident matbuot kotibi ASKUE tizimi haqida
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov 26-aprel, dushanba kuni oʻtkazilgan brifingda elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (ASKUE)ning afzalligi haqida soʻz yuritdi.
Prezidentimiz 23-aprel, juma kuni tushdan keyin Toshkent shahridagi yangi korxonalar va poytaxtdagi obodonlashtirish ishlari bilan tanishdilar.
Birinchi obyekt “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatining Elektr energiyasini hisobga olish markazi boʻldi. Bu markaz haqiqatan ham zamonaviy, eng rivojlangan davlatlar darajasida. Butun mamlakatimizdagi elektr tarmoqlari “kaftdagidek” koʻrinib turarkan.
Bilasiz, ilgari qanday boʻlardi? Kimdir transformatorga oʻgʻrincha ulanib olardi, boshqa yoqda qanchadir odamga elektr yetib bormasdi. Oʻzib umuman, tizimda oʻgʻrilik, uzilishlar koʻp edi.
Hozir bu yangi tizim orqali qayerda noqonuniy ulanish boʻlsa, shu zahotiyoq kompyuterga maʼlumot keladi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring