Fargʻona davlat universiteti karantinga yopildi

14:27 26 Aprel 2021 Jamiyat
1881 0

Fargʻona davlat universitetining 2021-yil 26-aprel kungi Kengash yigʻilishi qaroriga muvofiq, infeksiya yuqtirib olish va virus tarqalishi xavfini oldini olish maqsadida 26-aprel sanasidan universitetda 14 kunlik karantin joriy etildi deya yozmoqda OʻzA.

Dars mashgʻulotlari ertadan — 27-aprel sanasidan boshlab onlayn shaklda amalga oshiriladi.

Karantin davrida oliy taʼlim muassasasi xodimlari, professor-oʻqituvchilari va talabalari orasida koronavirus yuqtirib olish holatlari kuzatilmasa, yana anʼanaviy shaklga qaytilishi belgilandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер