Koronavirusning «afrikancha» shtammi uning oldingi turlaridan nimasi bilan farq qiladi?
Ushbu savoliga Koronavirusga qarshi kurashish shtabi aʼzosi Sevara Ubaydullayeva javob berdi:
— «Afrikancha» shtammning alohida belgisi boshqa mutatsion shtammlarga nisbatan ogʻirroq kechuvidadir. Koronavirus infeksiyasi organizmga tushganida gumoral immunitet birlamchi ishni boshlaydi, bu shtamm mazkur jarayonga oʻta chidamli boʻlib, gumoral immunitet hujayralari bu shtammni yengishga qiynaladi, natijada virusning organizmni jarohatlash imkoniyati kengayadi.
Mazkur shtammni yuqtirgan odamlarda kasallik birdaniga boshlanib, jadal kechadi va qisqa muddatda oʻpkani katta qismini jarohatlashi mumkin. Shu boisdan ham kasallik boshqa shtammlarga nisbatan ogʻirroq kechadi.
Hozirda «afrikancha» shtamm eng xavfli deb tan olingan. Bu shtamm bilan kasallanganlarda koronavirus infeksiyasi ogʻir va oʻta ogʻir darajada oʻtadi. Lekin bu shtamm birlamchi koronavirusga va britancha shtammga nisbatan sekin tarqaluvchandir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring