Toshkent mexanika zavodida yongʻin chiqdi
Bugun, 26-aprel kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligining navbatchilik qismiga soat 16:32da Toshkent mexanika zavodi hududida sanoat chiqindilari yonayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga zudlik bilan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 2 ta yongʻin-qutqaruv guruhi yetib kelgan. Oqibatda 60 kvadrat metrga zarar yetgan. Qutqaruvchilarning tezkor harakatlari tufayli yongʻin bir necha daqiqalarda bartaraf etilgan.
Hodisada jabrlangan va qurbonlar yoʻq.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring