All

Kuch-qudratimiz tinchlik va osoyishtaligimiz negizi

14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni Andijon viloyatida koʻtarinki ruhda nishonlandi. Asosiy tadbir ishtirokchilari viloyat markazidagi Xotira xiyobonida jam boʻldilar.

17:59 14 Yanvar 2022
Muhim strategik obyektni qoʻriqlash katta masʼuliyat va sharaf

Mamlakatimizning muhim strategik obyektlari hisoblangan Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasi hududi hamda Shoʻrtan neft-gaz qazib chiqarish boshqarmasi konlarini qoʻriqlash va himoya qilishda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toifalangan obyektlarni qoʻriqlash qoʻshinlari qoʻmondonligiga qarashli Gʻuzor tumanidagi harbiy qism zobit va askarlari jonbozlik koʻrsatmoqda.

17:46 14 Yanvar 2022
Harbiylarga xonadon kalitlari topshirildi

Termiz shahrida mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil topganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati viloyat boshqarmasi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari uchun besh qavatli, 40 xonadondan iborat xizmat uylari foydalanishga topshirildi.

17:42 14 Yanvar 2022
Mard posbonlari bor xalqning ertangi kunga ishonchi mustahkam, gʻurur-iftixori baland boʻladi – Prezident

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 13-yanvardagi farmoniga muvofiq, mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlarining bir guruh xodimlari harbiy unvonlar, orden va medallar bilan taqdirlandi.

17:12 14 Yanvar 2022
“Omikron”: Koʻrsatkichlar pasaydi, ammo xavotirlar kamaygani yoʻq

Kecha dunyo boʻyicha qariyb 2,8 million kishida koronavirus infeksiyasi qayd etildi. Bu bir kun avvalgi rekorddan 871 mingta kam koʻrsatkichdir. Biroq qator davlatlarda hamon oʻsish dinamikasi yuqori.

17:07 14 Yanvar 2022
Fargʻonada Vatan himoyachilari kuni tantanalari

Qutlugʻ sana munosabati bilan Fargʻona shahridagi Xotira xiyobonida Vatan himoyachilarini sharaflashga bagʻishlangan tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

15:47 14 Yanvar 2022
“Konigil” turistik qishlogʻida qurilish ishlari qizgʻin

Samarqand tumanidagi “Konigil” turistik qishlogʻida sayyohlar dam olishi, xalq amaliy sanʼati namunalaridan zavq olishi, milliy urf-odatlar, anʼanalar bilan yaqindan tanishishi uchun barcha shart-sharoit yaratilmoqda.

15:39 14 Yanvar 2022
Samarqand viloyatida maktab bitiruvchilari uchun “Abituriyent shtablari” tashkil etiladi

Samarqand viloyatida 2020-2021 oʻquv yili yakunlaridan kelib chiqib, 200 ta umumtaʼlim maktabida oʻqitish sifatini oshirish uchun tegishli tuman, shahar rahbarlari va oliy taʼlim muassasalarining tajribali professor-oʻqituvchilari masʼul qilib biriktirildi.

15:35 14 Yanvar 2022
Urgutda fermer 65 ming dollarga yer sotmoqchi boʻldi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan joriy yilning 11-yanvar kuni Urgut tumanida noqonuniy yer sotish holatiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor tadbir tufayli “uddaburon” fermerning bu niyati amalga oshmay qoldi.

15:33 14 Yanvar 2022
Irodaning shashti baland

Oramizda shunday insonlar borki, roʻzgʻorini butlash, farzandlarini bekamu koʻst sharoitda voyaga yetkazish, toʻy qilib, elga osh berish, ortganini ehtiyojmandlarga ulashib, savob olishdek hayotiy ehtiyojlari uchun boshqalarga yuk boʻlishni or biladilar.

15:29 14 Yanvar 2022
Gʻalvir suvdan koʻtarilganida...

Maʼlumotlarga koʻra,Toshkent viloyatida 3 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Hududda togʻ-kon, metallurgiya, kimyo sanoati, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va ularni qayta ishlash, qurilish industiriyasini rivojlantirish kabi yoʻnalishlarda biqiyos imkoniyatlar mavjud.

15:24 14 Yanvar 2022
Kasbi tumanida mahalliy byudjet hisobidan bolalar shifoxonasi qurildi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani markaziy kasalxonasi yonida 70 oʻringa moʻljallangan, zamonaviy qiyofadagi bolalar shifoxonasi qad rostladi.

15:07 14 Yanvar 2022
Harbiylar urush faxriysi xonadonida boʻldi

Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabatini bilan Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizoni Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyoni harbiy xizmatchilari hamda Fargʻona harbiy prokuraturasi xodimlari Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriysi Qurbon ota...

15:05 14 Yanvar 2022
Bedanachilik – serdaromad ish

Buxoro viloyati Gʻijduvon tumanidagi “Sayfulla, Nurulla, Xayrulla” oilaviy korxonasi rahbari Shahlo Qurbonovani bedanachilikni yoʻlga qoʻyishda amaliy koʻmak soʻrab Qoraqalpogʻiston Respublikasiga taklif qilishdi.

15:02 14 Yanvar 2022
Orolboʻyida yigirma bemorning yuragi bepul operatsiya qilindi

Nukus shahrida yurak miokardi infarkti bilan kasallangan 20 nafar bemorning yuragi bepul operatsiya qilindi.

14:58 14 Yanvar 2022
Xitoyning turli hududlarida odamlarning yangi virus bilan zararlanayotgani maʼlum boʻldi

Xitoyda parranda grippi virusini yuqtirgan beshta holat qayd etilgan.

01:01 14 Yanvar 2022
Qirolicha Yelizaveta II shahzoda Endryuni harbiy unvon va qoʻllab-quvvatlanishdan mahrum qildi

“York gersogi rasmiy vazifalarni bajarmaslikda davom etadi va sudda oddiy shaxs sifatida oʻzini himoya qiladi”, deyiladi Bukingem saroyi bayonotida.

00:45 14 Yanvar 2022
Shifokorlar koronavirusning kamdan-kam uchraydigan alomati haqida maʼlumot berishdi

COVID-19 bilan kasallangan baʼzi odamlarda konyunktivit rivojlanishi mumkin va kamdan-kam hollarda infeksiyalangan odamning koʻzlari yiringlashi mumkin.

00:20 14 Yanvar 2022
Oʻn bir milliondan ortiq afgʻon xotin-qizlari insonparvarlik yordamiga muhtoj — BMT

Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maʼlum qildi.

23:57 13 Yanvar 2022
Hindistonda yoʻlovchi poyezdi relsdan chiqib ketdi. Qurbonlar bor

Hindistonda yoʻlovchi poyezdning relsdan chiqib ketishi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, oʻnlab kishilar tan jarohati oldi.

23:49 13 Yanvar 2022

Yangiliklar taqvimi

Кластер