Urgutda fermer 65 ming dollarga yer sotmoqchi boʻldi

15:33 14 Yanvar 2022 Jamiyat
989 0

Foto: Халқ сўзи

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti xodimlari tomonidan joriy yilning 11-yanvar kuni Urgut tumanida noqonuniy yer sotish holatiga chek qoʻyishga qaratilgan tezkor tadbir tufayli “uddaburon” fermerning bu niyati amalga oshmay qoldi.

Tadbirda Urgut tumanidagi fermer xoʻjaliklaridan birining rahbari, 1976-yilda tugʻilgan fuqaro “J.Q.” fermer xoʻjaligiga tegishli boʻlgan 50 sotix lalmi yer maydonini 1998-yilda tugʻilgan fuqaro “B.A.” orqali mahalliy fuqaroga 65 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, ushbu mablagʻning qariyb yarmini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda yuqoridagi shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер