Oʻn bir milliondan ortiq afgʻon xotin-qizlari insonparvarlik yordamiga muhtoj — BMT
Foto: Reuters
Oʻn bir milliondan ortiq afgʻon xotin-qizlari shoshilinch insonparvarlik yordamiga muhtoj.
Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkiloti(BMT)ning Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi maʼlum qildi.
Tashkilot, shuningdek, Afgʻonistonda “Tolibon” hokimiyatni qoʻlga kiritganidan soʻng ayollar huquqlarining buzilishi kuchayib borayotganidan jiddiy xavotir bildirgandi.
Maʼlumotlarga koʻra, gumanitar tashkilotlar ayollar va qizlarga oziq-ovqat, sogʻliqni saqlash, taʼlim va yashash imkoniyatlari bilan taʼminlash uchun yordamni kengaytirishga intilishi kerak.
BMT Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining mazkur bayonoti chorshanba kuni kechqurun Kobulda toʻplangan afgʻon ayollari hokimiyatga kelganidan soʻng xotin-qizlarning mamlakat jamoat va siyosiy hayotida ishtirok etishini amalda taqiqlagan “Tolibon”ga qarshi norozilik bildirganidan soʻng yangradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring