Harbiylar urush faxriysi xonadonida boʻldi
Foto: Халқ сўзи
Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabatini bilan Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizoni Safarbarlik chaqiruvi rezervi batalyoni harbiy xizmatchilari hamda Fargʻona harbiy prokuraturasi xodimlari Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi Ikkinchi jahon urushi faxriysi Qurbon ota Sattorov xonadoniga tashrif buyurdilar.
Bir asrlik umr dovoniga yaqinlashayotgan urush faxriysi harbiylarga Ikkinchi jahon urushi xotiralari, quroldosh doʻstlari va gʻalabaga hamyurtlarimizning qoʻshgan munosib hissasi haqida gapirib berdi.
— Bolalik davrimiz, kuchga toʻlgan navqiron yigitlik chogʻimiz hayot tashvishlari, olovli urush yillariga toʻgʻri keldi. Bugungi tinch-osoyishta, farovon kunlar biz uchun nihoyatda qadrli. Aslida elning, yurtning xizmatida boʻlish, tinchligimiz uchun bel bogʻlab turish har bir oʻgʻlon uchun sharaf. Sizlarni ham mana shunday sharafli burchni ado etib, yuzingiz doim yorugʻ boʻlishini tilayman, — deydi Qurbon ota mamnuniyat bilan.
Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring