All

20 ta vazirlik va idoralarda yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha loyiha ofislari tashkil etiladi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida investitsiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi Prezident Farmoni (PF–111-son, 21.07.2023-y.) qabul qilindi.

11:34 01 Dekabr 2023
Kollej va texnikumda 5ta soha boʻyicha oʻqimoqchi boʻlgan xotin-qizlar grant asosida taʼlim oladi

Vazirlar Mahkamasining “Kollej va texnikumlarda kasb va mutaxassislik egallash istagida boʻlgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi eʼlon qilindi.

11:23 01 Dekabr 2023
Yurtimizda birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari soni 4095 taga yetdi — SSV

Natijada 134 ming nafar bemorga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarining kunduzgi shifoxonalarida uyidan ajralmagan holda davolanish imkoniyati yaratildi.

11:21 01 Dekabr 2023
Ayrim nafaqa va moddiy yordamlar boʻyicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufiga oʻtkaziladi.

11:19 01 Dekabr 2023
Samarqand shahridagi 9 ta koʻp qavatli uy tabiiy gazdan, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

11:11 01 Dekabr 2023
Chorva mol oʻgʻirligini oʻziga kasb qilgan jinoiy guruhning yana bir jinoyati fosh boʻldi

Kuni kecha mazkur jinoiy guruhning yana bir jinoyati oshkor boʻldi.

10:55 01 Dekabr 2023
Koʻkdala tumani prokuraturasi va jinoyat ishlari boʻyicha Koʻkdala tuman sudi binosining yangi binolari foydalanishga topshirildi

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda sud – huquq sohasida misli koʻrilmagan islohotlar amalga oshirilmoqda.

10:44 01 Dekabr 2023
Yoshlarga kompyuter xaridlari uchun ajratiladigan mablagʻlar bank kartasiga oʻtkazilishi mumkin

“Yoshlar daftari” va Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamgʻarmalari hisobidan beriladigan subsidiya mablagʻlarini ijtimoiy kontrakt asosida yoshlar xohishiga koʻra alohida ochilgan bank kartasiga (naqdlashtirish imkoniyatisiz) oʻtkazishga ruxsat beriladi.

10:39 01 Dekabr 2023
Xorijiy tilni С1 darajada biladigan oʻqituvchilarga qoʻshimcha ustama toʻlanadi

Bunda oʻqituvchilarining xalqaro sertifikatni olish uchun imtihon topshirish bilan bogʻliq xarajatlari qoplab beriladi.

10:32 01 Dekabr 2023
Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — milliy parlamentarizm taraqqiyotining negizi

Bugun, 1-dekabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiya — milliy parlamentarizm taraqqiyotining negizi” mavzusida parlament konferensiyasi boshlandi.

10:30 01 Dekabr 2023
Tabiiy resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etilmoqda

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 185-2-moddasi (elektr, issiqlik energiyasi, gaz, vodoprovoddan foydalanish qoidalarini buzish) va 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

10:29 01 Dekabr 2023
Andijon viloyati IIBning sobiq xodimlari 5,6 mlrd. soʻm pullarni talon-toroj qilgani aniqlandi

Ayblanuvchilarning aybi jinoyat ishi boʻyicha toʻplangan dalillar yigʻindisi bilan oʻz tasdigʻini topgan va jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilib, hozirda sud muhokamasi oʻtkazilmoqda.

10:26 01 Dekabr 2023
Amerikaga yuborish bilan bogʻliq firibgarlik holatlariga chek qoʻyildi — DXX

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash yoʻnalishida ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda tezkor tadbirlar oʻtkazildi.

10:20 01 Dekabr 2023
Xirosimada Oʻzbekistonning sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati taqdimoti oʻtkazildi

Mamlakatimizning Yaponiyadagi elchixonasi delegatsiyasining Xirosima prefekturasiga ishchi tashrifi davomida “Oʻzbekistonning investitsiyaviy va turizm salohiyati” mavzusida tadbir tashkil qilindi.

10:20 01 Dekabr 2023
Ortiqcha va qonun hujjatlariga zid ravishda notoʻgʻri undirilgan 8,3 mlrd. soʻmlik komissiya va toʻlovlarni mijozlarga qaytarib berilishi taʼminlandi

Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Markaziy bank boshqarma boshligʻi oʻrinbosari Shohruz Berdiyev ishtirokida maʼlum qildi.

10:17 01 Dekabr 2023
Joylarda harbiy-vatanparvarlik festivali hamda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” oʻtkazildi

Shuningdek, Navoiy viloyati Uchquduq tumanida “Armiya — vatanparvarlik va jasorat maktabi” shiori ostida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi oʻtkazildi.

10:12 01 Dekabr 2023
Sunʼiy intellekt yordamida bemorlardagi ogʻriq darajasi aniqlanadi

Ishlab chiqilgan mazkur algoritmdan foydalanib, sunʼiy intellekt haqiqiy insonlar boshdan kechiradigan ogʻriq darajasini 88 foiz aniqlik bilan baholashga muvaffaq boʻldi.

10:04 01 Dekabr 2023
Parij-2024 mashʼalasining taqdimoti oʻtkazildi

Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlari kelasi yilning 26-iyul - 11-avgust kunlari boʻlib oʻtadi.

10:02 01 Dekabr 2023
Qozogʻiston bilan ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-882, 30.11.2023-y.) bilan Oʻzbekiston va Qozogʻiston Respublikasi oʻrtasida ittifoqchilik munosabatlari toʻgʻrisidagi Shartnoma (Toshkent, 2022-yil 22-dekabr) ratifikatsiya qilindi.

09:57 01 Dekabr 2023
OIVga qarshi kurash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar va istiqboldagi rejalar

Poytaxtimizda 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurashish kuniga bagʻishlangan anjuman oʻtkazildi.

09:50 01 Dekabr 2023

Yangiliklar taqvimi

Кластер