Samarqand shahridagi 9 ta koʻp qavatli uy tabiiy gazdan, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi

11:11 01 Dekabr 2023 Jamiyat
221 0

Energetika vazirligi huzuridagi “Oʻzenergoinspeksiya” tomonidan tegishli organlar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirlarida Samarqand shahridagi 136-144-sonli koʻp qavatli uylar (9 ta) tabiiy gaz tarmogʻiga “Billing” dasturidan roʻyxatdan oʻtmagan holda ulanib olib, undan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlandi.

Ushbu koʻp qavatli uylar “A. B.” MCHJ tomonidan qurilgan boʻlib, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, tizimga qariyb 9 mlrd 535 mln soʻm (25 mln 90 ming 836 metr kub) zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Bundan tashqari, mazkur hududdagi 142-143-sonli koʻp qavatli uylar elektr energiyasidan foydalanish uchun shartnoma tuzmasdan, “PK-uchyot” bazasida roʻyxatdan oʻtmagan holda noqonuniy foydalanib, tizimga 64 mln 800 ming soʻm zarar yetkazgani aniqlangan.

Qoidabuzar isteʼmolchiga nisbatan belgilangan tartibda choralar koʻrish uchun tegishli hujjatlar huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер