Chorva mol oʻgʻirligini oʻziga kasb qilgan jinoiy guruhning yana bir jinoyati fosh boʻldi

10:55 01 Dekabr 2023 Jamiyat
392 0

Avval xabar berganimizdek, Qorovulbozor tumani Ichki ishlar boʻlimi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor hamda tergov harakatlari natijasida ushbu tumanda, shuningdek, viloyatimizning boshqa hududlarida bir nechta chorva mol oʻgʻirliklarini sodir qilgan jinoiy guruh fosh etilgan edi.

Kuni kecha mazkur jinoiy guruhning yana bir jinoyati oshkor boʻldi.

Gap shundaki, 2022-yilning 22 noyabrdan 23 noyabrga oʻtar kechasi nomaʼlum shaxslar Qorovulbozor tumani Jarqoq mahallasi hududida joylashgan “Ezgu niyat bogʻi” fermer xoʻjaligi dala yerida boqish uchun bogʻlab qoʻyilgan, jami bahosi 35 mln. soʻmlik 3 bosh otlarni yashirin ravishda talon-toroj qilganlar.                           

Ushbu jinoyatni ham aynan bir oz oldin qoʻlga olingan jinoiy guruhning 2002-yilda tugʻilgan I.Yu., 2004-yilda tugʻilgan T.A., 2004-yilda tugʻilgan S.N. va 1991-yilda tugʻilgan U.F.ismli aʼzolari oldindan jinoiy til biriktirib sodir qilinganliklari fosh etildi va jinoyat ishi yuzasidan ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olindi.

Hozirgi kunda “chorva mol oʻgʻirligiga ixtisoslashgan” jinoiy guruhning xuddi shu turdagi fosh etilmasdan qolayotgan boshqa jinoyatlarga aloqadorligini aniqlash yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер